Толковый словарь
dovruq
довруқ
Значения
- Dong, shon-shuhrat, mashhurlik.
- Mish-mish gap, xabar, shov-shuv.
Примеры
- Chala dovruqqa chol yigʻilar. — Maqol
- Suvratingizni koʻp koʻrganman, dovrugʻingizni koʻp eshitganman. — Said Ahmad — UfqDovruq taratmoq yoki dovrugʻi ketmoq - mashhur boʻlmoq, hammaga tanilmoq.
- “Boburnoma” 17-asrning 90-yillaridan boshlab Yevropaga dovruq taratgan edi. — "Fan va turmush"
- Ammo nomi tildan tilga oʻtib, butun frontga dovrugʻi ketgan bu qizning oʻyida faqat Normat kechardi. — Ibrohim Rahim — Chin muhabbat
- Oʻttiz ikki tanga [soliq] dovrugʻi guzar ahlining yuraklarini uyushtirib, buni eshitish bilanoq isyonga qoʻl qoʻydilar. — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlar
- Uning [Tojiboyning] yumush bilan Toshkentga borib kelgani Qamishkapada xiyla dovruq boʻldi. — Parda Tursun — Oʻqituvchi
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0