Толковый словарь
dum
дум
Значения
- Hayvon
- tanasining chiqaruv teshigi tepasidan bosh-lanadigan va ingichkalanib boruvchi eng ortki, oxirgi qismi; quyruq.
- Dumini xoda qilib I) dumini tikka, yuqori koʻtarib.
- Baʼzi jonivorlar tanasining ket tomonidagi uzun patlar yoki ingichkalashgan qismi.
- Meva, barg va shu kabilarning bandi.
- Dum bermoq Pishib yetilmoq (asosan poliz ekinlari haqida).
- Sabzavot oʻsimliklarining yer yuzasida oʻsibturgan bargi.
- Uchish apparatlarining ingichkalashgan ket tomoni.
- Umuman biror narsaning keti, oxiri.
- Doim birovga ergashib yoki unga xushomad qilib, birga ortidan yuradigan odam; shotir.
- koʻchma s.t. Qarz, topshirilmagan im-tihon
- Burganing dumini kurgan Juda ham shum, ayyor, uddaburon.
Примеры
- Sichqon sigʻmas iniga, gʻalvir bogʻlar dumiga. — Maqol.
- Tuyaning dumi yerga tegar, Xoʻjaning qizi erga tegar. — Maqol.
- Shoshgan oʻrdak ham boshi bilan, ham dumi bilan shoʻngʻiydi. — Maqol. n
- U [it] dumini likillatdi-da, Nigoraning oyogʻi ostiga yota qoldi. — S. Anorboyev — Oqsoy.
- -Sigir birdan irgʻiboʻrnidan turib, dumini xoda qilib, bir qochib berdi, — dedi Shum bola. — Gʻ. Gʻulom — Shum bola.
- Molxonadan kelayotsam, oldimdan dumini xoda qilib, bir buzoq yugurib oʻtdi. "Mushtum"; 2) orqasiga qaramay, tumta-raqay boʻlib.
- ..Oldingga qancha bordim? Nuqul badbashara maxluqdan qochgan yuraksizday dumingni xoda qshshb qolasan-ku? — J. Abdul-laxonov — Xonadon.
- ..zoʻr kelganda koʻpincha bel-lashishdan bosh tortadi-da, dumini xoda qilib qochadi. — T. Rustamov — Mangu jasorat. Dum i yulingan musichaday (yoki tovuqday) Bir yeri yoki bir narsasi yetishmaganday, beoʻxshov.
- Berdiboy garchi shahardan dumi yulingan musichaday boʻlib kelgan boʻlsa ham, fazlsiz emas. — A. Qodiriy — Obid ketmon.
- ..oramizda Ikrom degan bir kimsa ham bor edi. Dumi yulingan tovuqday bir chetga chiqib, shum-shayib turibdi. — "Yoshlik".
- Xoʻrozning dumi. Qaldirgʻochning dumi. Ilonning dumi. shsh Haligi chavoq baliq qor ustida yalt-yult qilib sakraydi, dumi bilan savalaydi. — N. Fozilov — Diydor.
- Raisning oriq, qoramtir yuziga yarashmagan taqasimon moʻylabining uchlari chayon dumiday gajak-landi. — S. Nurov — Maysalarni ayoz urmaydi.
- Bir kun paxta chopib yursam, bitta qovun juda ham toʻri kelgan, “meni ye!" deb dum berib turibdi. — Gʻ. Gʻulom — Tirilgan murda.
- Nimadir “tirs" etdi: qizilurugʻ qovun dum berdi shekshii. — A. Esho-nov — Dutor.
- Sabzining dumini kesmoq.
- Birpasdan keyin lager ustida dumiga kattakon pufak bogʻlab olgan samolyot paydo boʻldi. — A. Qahhor — Oltin yul-duz.
- Samolyotning dumida yelkamni qisgancha biqinib oʻtiraverdim. — "Guldasta".
- Yulduzning dumi. Qancha mashinalar qator-lashib oʻtdi, hali dumi koʻrinmaydi. n
- Charos deraza panjarasidan.. dumi likil-lab turgan dakang varrakni koʻrdi. U. — Hoshimov — Qalbingga quloq sol.
- Chopa berish-ning behuda ekanini payqab, eshelonning dumiga ulangan qizil vagonlarga toliqqan koʻzlarini umid bilan tikdi. — N. Safarov — Tanlangan asarlar.
- Abdurasul Tojiboyning maj-lisda oʻz tarafini oladigan dumlar toʻplay boshlaganini gapirdi. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Dum emish, xoʻja kelib menga dum boʻlsin. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Uning matematikadan dumi bor.
- Bilaman, Gavhar yaxshi qiz. Lekin anavi iblis burganing dumini koʻrgan! — Oʻ. Hoshimov — Qalbingga quloq sol. Dumini bosmoq Gʻashiga, asabiga tegmoq. Idorada, ish ustida, ish yuzasidan gapirayotirman. Du-mingizni bosganim yoʻq. A. Qahhor, Sarob.
- Men bir-ikkitasining dumini bosdim shekilli. — S. Siyoyev — Otliq ayol. Dumini likillatmoq Xushomadli va ayyorona ish koʻrmoq.
- Saroyda biz ham dum likillatib, quyruq qoqib yurib-miz. — S. Siyoyev — Yorugʻlik. U
- kalondimogʻ, endi qarshisidagi odamdan oʻziga oʻxshab dum li-killatishini talab qiluvchi nusxaga ay-lanadi. — "OʻTA". Dumini tugmoq yoki dumi tugilmoq Qaytib kelmaydigan qilib ishdan boʻshatmoq, haydamoq.
- [Roziq soʻfi\ Bir magazinga kechki qorovul boʻlib olgan edi. Undan ham ishkal chiqarib, dumi tugildi. — S. Abdulla — Soyalar.
- Tursunboy.. qoʻpol va dagʻal muomalali boʻlgani sababli.. brigadirlikdan dumi tugshzgan edi. — "Mushtum".
- Hammamizning dumimizni tugar emishlar. — Uygʻun — Asarlar.
- ..ikkinchi bu gapdan ogʻiz ochmang, aks holda, dumingizni tugaman. — H. Gʻulom — Mashʼal. Dumini tutqazmaslik (yoki ushlatmaslik) Hech koʻrinmay, yoʻliqmay qochib yurmoq.
- Gʻaffor qoʻrboshi dumini tutqazmasga, oʻzini yut-qizmasga urinadi. — N. Safarov — Vodillik qahramon. Dumini qismoq 1) itoatkorona ish tutmoq; boʻysunuvchan, itoatkor boʻlmoq.
- Men oʻz yurtimda musofir itday dumimni qisib yurishni xohlamayman. — A. Qahhor — Asarlar.
- Devona oʻsha zahoti dumini qisib, juftakni rostlab qoldi. K. Yashin, Hamza; 2) boʻysunmoq, jilovlanmoq.
- Suv dumini qisdi, endi shoshmasdan [toʻgʻonni] mustahkamlash kerak. — Oybek — O.v. shabadalar. Dumi xurjun (yoki xurjunda) Notayin, tagi-tugi yoʻq; oʻlda-joʻlda, chatoq yoki chala-chulpa; sarson.
- Dumi xurjun gap. Dumi xurjun ish. n
- Boʻriboy oʻsha odamlarning nomini tilga olgisi kelmay, dumi xurjunda qoldi. — H. Nazir — Oʻtlar tu-tashganda.
- Goʻsht topshirishning ham dumi xurjunda. — "Mushtum". Dumi qisiq Biror aybi boʻlgan, ayb ish qilgan, aybdor; biror nar-sadan hadiksirovchi.
- Musofir itning dumi qisiq. — Maqol.
- yat Ilgari oʻzrining dumi qi-siq boʻlardi, el oldida sazoyi qilinardi. — S. Nurov — Narvoy.
Этимология
\f. — quyruq, dum
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0