Толковый словарь
dur
дур
Значения
- . Injuning, gavharning yirik turi.
- . Bebaho yoki eng yaxshi, aʼlo, sara narsalar haqida.
- . koʻchma poet. Qimmatli, sermazmun, chuqur maʼnoli soʻz yoki sheʼr haqida.
- . Yorugʻlik, yogʻdu.
- . Meva, samara, hosil; natija.
- . Boylik, davlat; qut-baraka.
- . Suv va unga oʻxshash tovlanuvchan narsalar (tomchi, shudring, qor uchqunlari).
Примеры
- Ter toʻksang, dur olasan. — Maqol.
- Dono — durdan ayro. — Maqol.
- Gul tikansiz boʻlmas. Dur — sadafsiz. Maqol.
- Aslida Ahmad yoqut nima, dur, brilliant, marvarid nima, uncha-lik farqiga bormas edi. — F. Musajonov — Himmat.
- Dudogʻu bilaklarida, qulogʻu barmoqlarida durru gavharlar, oltin bezaklar yiltirashib, bir jahon boʻlib, uyqu ogʻushida yotibdi. — Mirmuhsin — Umid.
- Yaxshilik shunday durru gavharki, uning bahosi hech qachon kamaymaydi. — Gazetadan.
- Har soʻzi shirin-shakar dur qizlar. — "Mushtum".
- Men.. Navoiy “Xamsasining sargʻish sahifalariga qarab olib yigʻlardim, koʻz yoshlarim toʻkilib, Navoiy tergan durlarga qorishardi. — M. Ismoiliy — Fargʻonada tong otguncha
- Qiz soʻzlasa, ogʻzidan dur sochilar, yor-yor. — Qoʻshiqlar.
- Hangomada ogʻzidan dur sochibdi. — Yusuf va Ahmad.
- Quyosh separ nurlarin, Yerga zarrin durlarin. — Zafar Diyor — Asarlar.
- Otam hamisha:“Tajriba durini saralab ter”, — derdilar. — "Oʻzbekiston qoʻriqlari.
- Bagʻringga dur sochdi oltin paxtazor! — G. Joʻrayeva — Iqbol.
- Gul ochilib soʻlguncha, Qurti oʻradi ipak. Xalq etagi toʻlguncha dur toʻkar etak-etak. — Zulfiya — Yuragimga yaqin kishilar.
- Yerga chigit tushdi — dur tushdi deyishadi. — Gazetadan.
- Ter toʻkildi — dur yetishtirildi. — Gazetadan.
- Roʻparamda sonsiz fontashshr, Qulogʻidan dur yogʻiladi. — X. Saloh — Chashma.
- Kechasi tushgan shudringga choʻmilgan koʻm-koʻk maysalar xuddi dur toʻkkandek charaqlab, quyosh bilan oʻpishib tovlanadi. — O. Yoqubov — Ota izidan.
Этимология
arabcha دُرّ — marvarid, inju.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0