Толковый словарь
elamoq
эламоқ
Значения
- Elakdan oʻtkazmoq, elakdan oʻtkazib tozalamoq.
- (faqat boʻlishsiz shaklda — elamaslik) Eʼtibor (ahamiyat) bermaslik, nazar-pisand qilmaslik.
- kam qoʻll. ayn. tebratmoq.
Примеры
- Bostirmada Ziyodaxon supra yozib, un elab oʻtirar edi. — Abdulla Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari
- Toʻy arafasida kuni bilan qor yogdi, shunday elab yogʻdiki, koʻzlarni ochirmay qoʻydi. — M. Ismoiliy — Fargʻonat. o.
- Zebixon oʻziga munosib yigit izlardi. Oyogʻi tagida oʻralashayotganlar-ni pisand qilmas, yoʻlini toʻsib, yigʻlab, dardini aytadiganlarni elamas edi. S. — Axmad — Ufq.
- Xola qoʻshnisining gapini sirt-dan elamagan boʻlsa ham, ammo ichidan zil ketdi. — L. Mahmudov — Vafo
- It o‘lsa, bo‘ri elamas. — Maqol
- Zubayda boshini elab, "yoʻq" ishorasini bildirdi. — K. Yashin — Hamza.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0