Толковый словарь
es
эс
Значения
- Odamning bilish, fikr yuritish qobiliyati; aql, ong, miya.
- Esi ketgan ayn. esini yegan.
- Ismoiliy, Fargʻona t. o.
- Yodda saqlash, qayta tiklash qobiliyati; yod, xotira.
- Esga olmoq 1) eslamoq, esga tushirmoq.
Примеры
- Esi past. Esi butun. Esing bormi (joyidami, oʻzingdami)? Esing borida el tani, Kuching borida yer toni. — Maqol.
- Er-xotinning oʻrtasiga esi ketgan tushadi. — "Qanotli soʻz-lar". Esi ketdi 1) biror ishning, gap-soʻz-ning juda ishtiyoq bilan, berilib, davom-li tarzda bajarilishi, aytilishini bildiradi.
- Dorim bilan tuzalib ketganlar me-ni "doktor ona", deb eslari ketishadi. M.
- Kimsan ham uch kundan beri normani oshirib bajaryapti. Prorabi maqtab esi ketyapti. — A. Muxtor — Tugʻilish; 2) biror ish bilan qattiq, hol-dan toyish darajasida mashgʻul boʻlishni, holdan toyish darajasiga kelishni bildiradi.
- Eskini yamaguncha esing ketadi. — Ma-qol. hi
- Nozanin qiz.. nuqul ilgarigi bosh-liqning bu kabinetni bezatguncha esi ket-ganligi haqida gapirardi. — J. Abdullaxonov — Toʻfon. Esi kirar-chiqar boʻlmoq Fikrlash qobiliyati buzilmoq, bir meʼyorda fikrlay olmaslik.
- Abdullaxon magʻrurlikka beril-ganidanmi yoinki qartayib, esi kirar-chiqar boʻlib qolganidanmi, Rossiya podshohining sogʻligʻini soʻrashni unutib qoʻydi. — M. Osim — Elchilar. Esi (yoki esdan) ogʻmoq Es-hushini yoʻqotish darajasiga tushmoq.
- Mening bu hangamalardan esim ogʻib qolayozgan edi. — E. Raimov — Ajab qishloq.
- Charos bilan oxirgi marta koʻrishganidan buyon oʻtgan bir yarim oy ichida esdan ogʻib qolmaganiga.. oʻziyam hayron boʻldi. — Oʻ. Hoshimov — Qalbingga quloq sol. Esim qursin Biror narsa esga kelmaganda yoki adashilganda aytiladigan ibora.
- -Voy, esim qursin! — Zulayho.. stulni chaqqonlik bilan olib, Gavharning oldiga surdi. U. — Hoshimov — Qalbingga quloqsol. Esini yegan, esingni yedingmi Aql bilan ish qilmagan, notoʻgʻri, nomaqbul ish qilayotgan odamga nisbatan qoʻllanadi.
- Bu ishga esini yegan odam aralashadi. tsh Esingni yedingmi, och! — Oʻ. Hoshimov — Qalbingga quloq sol. Esini tani-moq Es-hushli boʻlmoq, shunday yoshga yetmoq.
- Esini tanibdiki, odam boʻlsam, nimadir yaxshi ish qilsam, deydi. Oʻ. — Hoshimov — Qalbingga quloq sol.
- Hali esimni tanib, birov mening shaxtimni ham, iltimosimni ham qay-tarmagan.. — R. Fayziy — Choʻlga bahor keldi. Esini topmoq Maʼlum yoshga yetgach yoki biror voqea-hodisadan keyin aqli kirmoq, aqlli va toʻgʻri mulohaza yuritadigan boʻlib qolmoq.
- Esida bor. Esimda yoʻq. Esida qolmadi. Esdan chiqarmoq. Esda tutmoq (saqlamoq).
- Xola Toshkentga koʻchib kelgandan beri esiga olmagan Fargʻonasini esladi shu kun. — "Gul-dasta"; 2) oʻylamoq — hisobga olmoq.
- Yormat.. boplab soʻkishni moʻljalladi-yu, lekin qayer-da, kimlar oʻrtasida turganini darhol esiga olib, tovushini halqumida boʻgʻdi. — Oybek — Tanlangan asarlar. Esga solmoq (yoki tushirmoq) Eslatmoq, xotirga keltirmoq.
- Shahzodaning eri.. besh xalta oltini yoʻqolgan sudxoʻr hin-dini esimga solyaptiii? — K. Yashin — Hamza. Esi chiqib ketmoq Nihoyatda qoʻrquvga tushmoq; koʻrqmoq.
- Qayerlardadir dahshatli baqiriq.. esi chiqib ketgan xotinlarning xunuk faryodi eshitshshrdi. — A. Muxtor — Qoraqalpoq qissa-si. Esiga kelmoq 1) esida boʻlmoq, oʻylamoq.
- Hoy Shodi, bu koʻmir esingga keladimi oʻzi, uyda tirnoqday ham koʻmir qolgani yoʻq. — E. Raimov — Ajab qishloq; 2) xotirasiga kel-moq, yodiga tushmoq.
- Keiin bir voqea esiga tushib, miyigʻida kulibqoʻydi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha. Esiga tushmoq Xotirida tik-lanmoq.
- Navbat Akmagga kelganda, toʻsat-dan Eshmat aka voqeasi esiga tushib, yuragi shuv etdi. — O. Yoqubov — Er boshiga ish tushsa.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0