Толковый словарь
eski
эски
Значения
- Yangilik sifati ketgan, yaroq-lilik darajasini maʼlum darajada yoʻqot-gan.
- Koʻhna, koʻp vaqtlardan beri maʼlum boʻlgan, koʻp vaqtdan beri turgan (yangisiga nisbatan).
- Oʻtgan vaqtga oid, avvaldan maʼlum; oʻtgan.
- Avval ham boʻlgan, eskidan maʼlum.
- Eski usuldagi; eskicha.
- Bundan (hozirgidan) oldingi; avvalgi, sobiq.
- Isteʼmoldan chiqqan, eskirgan yoki bekor qilingan.
- Koʻpni koʻrgan, hayot tajribalariga ega boʻlgan, koʻpdan maʼlum.
- Eski ran 1) maʼlum ran, hammaga maʼlum narsa, voqea.
Примеры
- Eski chopon. Eski etik. Eski koʻrpa. Zeki kiyimning issigʻi yoʻq. — Maqol.
- Oltin, kumushning eskisi boʻlmas. — Maqol.
- Yangini eski saqlar. — Maqol. n
- Qoziqqa osilgan, chang bosgan eski doʻppidan boshqa hech nima yoʻq. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Sidiqjon qay-tib kelganida.. tok ostidagi eski soʻrida sochilib yotgan behilarga koʻzi tushdi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Toshkentning eski va yangi sha-harlarida toʻplab [toʻpi bilan] sotuvchi ik-ki gazlama doʻkoni.. unga qaraydi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Dovon oshmaymiz. Aylan-ma yoʻl bilan olib kelib, eski iziga solamiz. — I. Rahim — Chin muhabbat.
- Eski yil. yash Hozir eski zamon emas, bunaqa narsalarning unchalik ahamiyati yoʻq. — Oʻ. Hoshimov — Qalbingga quloq sol.
- [Abdi-shukur] Eng soʻnggi xabarlar bilan eski xa-barlarni aralashtirib, birmuncha maiumot berdi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Avazning eski qadrdoni.. Hasan qaygʻichi xon amaldorlari haqida ichaguzdi hangomalar aytardi. — S. Siyoyev — Yorugʻlik.
- Nima boʻlardi, domlamiz Latif Boqizodaning eski dardi qoʻzgʻadi. — S. Karomatov — Oltin qum.
- Lato-fatxon.. eski tanishday, Saodatxonni gapga sola boshladi. S. — Zunnunova — Yangi direktor.
- Toʻyning taʼ-rifini eshitdim. Eski toʻyga borgani nomus qilaman. A. — Qahhor — Ogʻriq tishlar.
- Bu ma-hallaning shumtaka erkak bolalari "kelin chimchilash" degan eski odatga juda rioya qilishar ekan. — Oybek — Tanlangan asralar.
- Eski direktor.
- Eski alifbo. Eski pul. sht Ziyodaxon baʼzan eski soʻzlarga tili kelish-may va baʼzi jumlalarni maʼnosiga mos kelmaydigan ohangda oʻqib, tinglovchilarga uqtira olmagani uchun, hikoyaning davomini Ibrohimovning oʻzi oʻqidi. A. — Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Suvmutaxassisi, juda eski miroblardan, irrigatsiyaning piri. — Gazetadan.
- Yurgan joyi necha togʻu dasht ekan, Eski kishi koʻp odamga bosh ekan. — "Yusuf va Ahmad".
- Eski gapni qoʻy.. Xohlaydi, xohlamay qayoqqa borardi. — S. Ahmad — Saylan-ma; 2) hadeb takrorlanadigan ish.
- Hali ham eski gapmi? Hey, menga qara, bola! Nega ura-san Qoʻziboyni? — H. Nazir — Soʻnmas chaqmoq-lar. Eski tos, eski hammom Ilgari qanday boʻlsa, hozir \am shunday, hech qanday oʻz-garish yoʻq.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0