Толковый словарь
fahm
фаҳм
Значения
- Insonning tushunish, anglash, ongli sezish qobiliyati; idrok, farosat; aql.
- Fahm qilmoq 1) fikr yuritmoq, oʻylamoq, tushunmoq.
- Fahmiga yetmoq (yoki bormoq) Idrok etmoq, anglamoq; farqiga bormoq, tushunmoq.
Примеры
- Ajdodu bobolarning fahmiga balli: Ilk devorni urganlar, kulba qurganlar. — M. Shayxzoda. —
- Fahmini yeb qoʻygan qay bir nogiron Demishki, koʻr boʻlsin butkul bu dunyo. — A. Oripov — Yillar armoni.
- Albatta, xoʻjayinniki nohaq. Bolasi bilan oʻralib qoldi, endi ishlay olmaydi, deb oʻylasa kerak u. Men shunday fahm kildim, — kuyinib soʻzladi Yoʻlchi. — Oybek — Tanlangan asarlar. 2) fahmlamoq.
- Ha, mayli, ukajon, hali yoshsiz, koʻp narsaning fahmiga bormaysiz. — "Guldasta". —
- Ha, faqat tabiblik qilolmaydi. Undan boʻlak hamma narsaning fahmiga yetadi. — MirmuhsinMeʼmor. —
Этимология
فهم – anglash, tushunish; farosat; bilarmonlik.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0