Толковый словарь
falonchi
фалончи
Значения
- gum. olm. Kimsani aniq atamasdan, uning ismi oʻrnida ishlatila-digan soʻz. Falonchi, ota-onasi boʻlmasa ham, oʻksimay oʻsdi, deyishadi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol. Yozganda ham, falonchini maqtayman, degan oʻyim boʻlmagan. Joʻngina qilib, oʻzim oʻylagan narsalarni yozganman. M. M. Doʻst, Lolazor.
- Kimsan — falonchi 1) eng mashhur, yuqo-ri martabali. Oʻshanda Hamza kimsan — falonchi boʻlib nom qozonadi. K. Yashin, Xamza. Otang kimsan — falonchi, onang tillaga topib boʻlmaydigan Nafisaxon boʻlsa, sendan baxpii qiz bormi! Mirmuhsin, Umid; 2) yuqori mansabli; boy, badavlat. Kimsan — terifurush falonchi boy! Lekin koʻrgan odam yamoqchimi, boʻzchimi, deb oʻylar edi. Oybek, Tanlangan asarlar.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0