Толковый словарь
falsafa
фалсафа
Значения
- . Tabiat, jamiyat va tafakkur taraqqiyotining umumiy qonuniyatlari haqidagi fan; olam va unda insonning tutgan oʻrni haqidagi gʻoyalar, dunyoqarashlar tizimi.
- . Eshitib oʻtirish va mulohaza qilishga arzimaydigan, asossiz, mavhum fikr, mulohaza; quruq safsata.
- Falsafa sotmoq (yoki soʻqmoq) Oʻrinsiz, foydasiz, uzoq mulohaza yuritmoq, gapni choʻzmoq; safsata sotmoq.
- . Shaxsiy tajriba, fikr-oʻy asosida yuzaga kelgan ishonch, eʼtiqod.
Примеры
- Umar Xayyomning qisqa, lekin sermazmun baytlariga singdirilgan hayot falsafasi buyuk, hayot va dunyodayin bepoyon — Gazetadan.
- Ustoz Qori-Niyoziy Sharq va Gʻarb falsafasi tarixi, siyosiy iqtisod, adabiyot, sanʼat bobida har qanday mutaxassis bilan bahslasha olardi — Fan va turmush.
- Bu odam “hayotning olgʻa bosuvi mumkin emasligini isbot qilaturgan” oʻzining falsafasi bilan Saidiyni yupatar edi. — A. Qahhor — Sarob.
- Bu anavi chol — Poʻlatjon domlaning gapi! Bunaqa falsafalar oʻshandan chiqadi! — A. Qahhor — Ogʻriq tishlar.
- - Falsafa sotish bas, — deb Hasanning soʻzini kesdi Fotima. — S. Ayniy — Qullar.
- Joni bor odam qimirlab turishi kerak — uning falsafasi shu. — H.Gʻulom — Mashʼal
- Bu soʻzlari bilan u oʻzining sodda falsafasiga yakun yasaganday boʻldi. — S.Anorboyev — Oqsoy.
Этимология
a. - yunoncha philosophia < phileo — sevaman + sophia — donishmandlik
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0