Толковый словарь
farq
фарқ
Значения
- Narsalar orasidagi no-muvofikdik, nooʻxshashlik; ayirma, tafo-vut. Soʻzdan soʻzning farqi bor, oʻttiz ikki narxi bor. Maqol. m Margʻilonlik kelin bshshn sening bizga hech bir farqlaring yoʻq, ikkovlaring ham bolamizning qoʻshogʻi — bo-lamizsiz. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar. Xayol bilan hayot orasidagi farq qanchalik kalta boʻlishini Bobur endi bildi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar. Ilm bilan amal oʻrtasida katta farq bor. S. Zunnunova, Olov.
- Farq qilmoq 1) biror predmetni, vo-qea-hodisani uning oʻziga xos xususiyat-lariga koʻra boshqalaridan ajrata bilmoq, ular orasidagi tafovutni seza olmoq. Ay-niqsa.. Elmurod bu holatni boshqalardan koʻra koʻproq farq qshgdi. P. Tursun, Oʻqituv-chi; 2) oʻzining biror xususiyati bilan bosh-qalardan ajralib turmoq. Pismiq, telba farq qilar, Tinch oqqan suv gʻarq qilar. Maqol. ■■ Kuyganyorning tabiati boshqa joylardan farq qilar edi. S. Ahmad, Ufq. Macaji lirikadan oʻzining voqeabandligi bilan farq qiladi. "OʻTA". Farqiga bormoq ayn. farq qilmoq. Choy navlarining farqiga bormoq. n Aslida Ahmad yoqut nima, dur, brilliant, marvarid nima, unchalik farqiga bormasdi. F. Musajonov, Himmat. Juvon bu gapni hazil aralash aytdimi, chin aytdimi, Sidiqjon farqiga borolmadi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0