Толковый словарь
favqulodda
фавқулодда
Значения
- Nihoyat kam uchraydigan; boshqalarga oʻxshamagan; kutilmaganda yuz bergan; tasodifiy.
- Odatdan tashqari; kam duch kelinadigan, kamyob.
- rvsh. Gʻoyat darajada, haddan tashqari; gʻoyat, juda.
- Maxsus sharoit talabi bilam belgilanadigan, sodir boʻladigan; navbatdan tashqari.
Примеры
- Favqulodda hodisa.
- Otning kavsh qaytarishi favqulodda yerda, favqulodda vaqtda kechadi. — T.Murod — Ot kishnagan oqshom.
- Zamiraning Muhammadjonga unashtirilgani hali ham odamlarga favqulodda bir yangilik boʻlib koʻrinardi. — P.Qodirov — Uch ildiz.
- Tiktepa qishlogʻining guzarida mulla Obidning qoʻlidagi favqulodda ketmonni kurgan har kim kuladi. — A.Qodiriy — Obid ketmon.
- Oybek favqulodda serqirra isteʼdod sohibi edi. — Gazetadan — .
- Sheralining nazarida, bugun hamma narsa favqulodda soʻlim, qushlarning nagʻmasi esa jozibaliroq edi. — S.Karomatov — Oltin qum.
- Nikoh toʻyi favqulodda suronli va tantanali boʻldi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Favqulodda majlis.
- Favqulodda va muxtor elchi.
- Bu hodisalar saroyda favqulodda choratadbirlar koʻrishni taqozo etdi. — Mirmuhsin — Meʼmor.
Этимология
[ arab — odatdan tashqari ]
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0