ball.uz
Вернуться к словарю

Толковый словарь

fond

фонд

Значения

  1. Davlat, muassasa va shu kabilarning muayyan maqsad uchun ajratilgan puli, mablagʻi, moddiy boyliklari majmui; jamgʻarma. Valyuta fondi. Ish haqi fondi. Boʻlinmas fond, yash Fondimizda bir yuz ming soʻm pul bor. S. Ahmad, Qadrdon dalalar. Boʻlinmas fondimizda naqd bir yarim million soʻm pul bor. "Oʻzbekiston qoʻrikdari".
  2. Qatiy, barqaror daromad keltiruv-chi qimmatbaho qogozlar. Fond birjasi. Fond bozori.
  3. Pamlab, ehtiyotlab qoʻyilgan zaxira, boylik. Jamoa xoʻjaligining urugʻlik fondi. Muzey fondi. Uy-joy fondi. Kitob fondi. Tilning lugʻat fondi. yash Muzeyimiz fondi-da Oʻroqovning shaxsiy buyumlari, suratlari saqlanmoqda. N. Safarov, Olovli izlar.
  4. Biron-bir ijtimoiy qatlam, aholi guruhiga (bolalalar, nogironlar, badiiy-ijodiy uyushmalarning aʼzolariga) moddiy yordam koʻrsatish maqsadida tashkil etilgan muassasa, tashkilot. Arxitektorlar fondi. Badiiy fond.
  5. Oltin fond 1) oltin zaxirasi; 2) koʻchma jamiyat yoki uning biror qismining eng yaxshi intellektual kuchlari. Vatan, inson
  6. — bu kabi mangu, boqiy mavzularda bitilgan asarlar jahon sheʼriyatining oltin fondi-ni tashkil etadi. "OʻTA". Agronom — dav-latimizning oltin fondini tashkil qiluv-chi kadrlarimizdandir. Gazetadan.

Этимология

fr. fond < lot. fundus — tub, asos

Источник: Викисловарь

Просмотров: 0

Написание в орфографическом словаре