Толковый словарь
gap
гап
Значения
- Soʻzlar orqali bayon etilgan fikr; soʻz, nutq.
- Nutq vositasida ifodalangan fikr, oʻy, mulohaza.
- Maʼlumot, shingil axborot, xabar; mish-mish.
- Umuman biron ish, voqea-hodisa va shu kabilar.
- Gina, kudurat.
- Tugal fikr anglatgan soʻz yoki soʻzlar birikmasi.
- Gap bilan boʻlib - gapga berilib, ezmalanib, koʻp gapirib.
Примеры
- -Siz tushunmay yotibsiz! - dedi Kumush va eshikdan oyoq tovushini sezib, gapni shu yerda toʻxtatdi. — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlar
- -Bu yerda gapimga hech kim quloq solmasa, raykomga boraman! - Toʻpaniso shu gapni aytdi-yu, roʻmolini boshiga solib, uydan chiqib ketdi. — Abdulla Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari
- Gʻulomjon gʻalati boʻlib ketdi. Koʻngliga: “Nahotki, xudo balolarni menga goh pari, goh dev sifatida yuborsa!” - degan gap keldi. — Mirzakalon Ismoiliy — Fargʻonada tong otguncha
- Yodgor zamonaviy Italiya arxitekturasiga oid gaplarni yana oʻqishga tushdi. — Oʻtkir Hoshimov — Qalbingga quloq sol
- Olamda nima gaplar?
- Oʻlimdan xabarim bor-u, bu gapdan xabarim yoʻq.
- Koʻnglingizda shuncha, gapingiz bor ekan, ota-onam shunchalik joningizga tekkan ekan, bir ogʻizgina, “hay xotin, men siqilib ketdim, uy ajratib chiqib ketaylik”, desangiz boʻlmasmidi? — Abdulla Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari
- Bosh gap.
- Sodda gap.
- Koʻchirma gap.
- Gap boʻlaklari.
- Bular gap bilan boʻlib, xiyla orqada qolib ketishdi. — Abdulla Qahhor — XotinlarGap bir joydan chiqdi - hammaning gapi, maslahati bir xil boʻlib chiqdi.Gap bu yoqda - masala boshqa tarafda.
- Gap bu yoqda ekan-da! Halitdan yigitlarga salom xat yozishga uyalmagan zumrasha!Gap bunday - endi shunday.
- Gap bunday, qani yaqinroq oʻtir-chi. — Xudoyberdi Toʻxtaboyev — Shirin qovunlar mamlakatiGap boʻlmoq - boshqalar muhokamasiga tushmoq, gap-soʻz boʻlmoq.Gap yoʻq - 1) ajoyib, juda zoʻr.
- Karimga gap yoʻq, u oʻz ishining ustasi albatta boshqacha boʻlishi mumkin emas.Gap kelganda, otangni ayama! - tanqidiy fikr boʻlayotganda, hech kimni yuz-xotir qilma.
- -Majlisda katta-kichik degan gap boʻlmaydi, gap kelganda, otangni ham ayama! - dedi Safarov. — Abdulla Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlariGap kovlamoq - gapni aylantirib, turli maʼlumotlar olmoq.
- Nima qilasiz gap kovlab! Undan keyin, bu gaplar ham oraga sovuqchilik solsa solar-ku, lekin mening kolxozga kirish niyatim sovuqchilikni allaqachon solib qoʻygan. — Abdulla Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlariGap koʻp - qandaydir muammo, sirli narsa bor.
- Endi paxtani nimaga kuzda sotmay, yozda sotayotganiga kelsak, buning tagida gap koʻp. — Mirzakalon Ismoiliy — Fargʻonada tong otgunchaGap koʻtara olmaydigan - tanqidga chidamsiz, jizzaki.
- Toʻgʻri, sizning gap koʻtara olmasligingizni bilaman. Lekin, nima qilay, gap kelganda, otamni ham ayamaydigan odatim bor. — “Mushtum”Gap oramizda qolsin - oʻrtamizdagi gapni, bu narsani hech kim bilmasin.
- Men, albatta, ishonmadim. Rost boʻlgan taqdirda ham... hi-hi... bu gap oramizda qolsin... — Abdulla QahhorGap otmoq (yoki qotmoq, tashlamoq) - tegishib yoki jahlini chiqarish uchun kinoya, kesatiq maʼnoli jumla, soʻz aytmoq; piching qilmoq.
- -Horunbek, inim, siz nima deysiz? - gap qotdi meʼmor. — Mirmuhsin — MeʼmorGap ochmoq - gap boshlamoq, gapirmoq, soʻzlamoq.
- Sharof Rashidovich Otamurod bilan soʻrashgach, ipak paxta yetishtirish istiqbollaridan gap ochdi. — "O‘zbeksiton qo‘riqlari"
- Iftorni qilib chiqqan Mahmud Tohirga darvoza oldida uchradi. Robiyaning akasi boʻlgan bu kosib yigit Andijon qoʻrgʻoniga ketishdan gap ochgan edi: -E, bu niyatlar hammasi puchga chiqdi! - deb Tohir unga togʻasidan eshitganlarini aytib berdi. — Pirimqul Qodirov — Yulduzli tunlarGap sotmoq - 1) boʻlar-boʻlmas, keraksiz gaplar gapirmoq, koʻp gapirmoq; 2) gapirmoq, soʻzlamoq.
- Bir jangchi hozirgina roʻy bergan shovqin-suron toʻgʻrisida gap sotarkan, u ovqatini bemalol yeb, oʻrnidan turgach, etigining qoʻnji qonga toʻlganini payqadi. — Oybek — Quyosh qoraymasGap tagida gap bor - bu gap zaminida qandaydir narsa, gap bor.
- Yoʻq, Sofya Borisovna, siz sabr qiling, men taxminan fahmlayapman, gap tagida gap bor.. [dedi Ergash]. — Asqad Muxtor — Opa-singillarGap talashmoq - oʻzaro bir fikrga kelisha olmay bahslashmoq.
- Mana shunaqa gap talashib qolishsa, iljayib turib, bir-birini gap bilan savalab ketishadi. — Sa’dulla Siyoyev — YorugʻlikGap tamom! - hammasi aniq boʻldi; ish bitdi, boʻldi; ortiqcha gapga hojat yoʻq.
- Chavandoz “gap tamom!” degan maʼnoda qamchisini qoʻliga oldi. — Odil Yoqubov — Er boshiga ish tushsa
- Gap tamom. Boshqa savolga oʻrin qolmadi. — Xudoyberdi Toʻxtaboyev — Shirin qovunlar mamlakatiGap tashimoq - biror yerda aytilgan fikrni ikkinchi yerga, boshqa kishiga yetkazib turmoq; chaqimchilik qilmoq.Gap tegizmoq (yoki tegdirmoq) - birovni tanbehga duchor qilmoq, tanbeh olishiga sabab boʻlmoq.Gap tegmoq - tanbeh eshitmoq, tanqidga uchramoq
- -Qani.. Ha, undan keyin, oʻrtoqlar, - deb yana izoh berdi Alimqul, - qoʻl qoʻyish masalasida menga yuqoridan ham, pastdan ham bir oz gap tegib qolayotibdi.. — Parda Tursun — OʻqituvchiGap toʻqimoq - biror shaxs yoki narsa haqida uydirma, yolgʻon-yashiq toʻqimoq, tarqatmoq.
- Uning [Yoʻlchining] “axloqsizligi” toʻgʻrisida [Salimboyvachcha] bir-muncha gaplar toʻqidi. — Oybek — Tanlangan asarlarGap bunda (yoki unda) emas - bu asosiy masala emas.
- -Gap unda emas, - dedi hoji - umr, murosa degan gaplar bor.. — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlarGap shu yerda qolsin - Oramizda qolsin.
- -Lekin gap shu yerda qolsin, durustmi? - ellikboshi qorongʻi koʻchaga chiqdi. — Oybek — Tanlangan asarlarGap shu - Xulosa shu, Boʻladigan gap shu.
- -Siz mening koʻnglimni bilmaysiz, Oʻrmonjon aka. -Koʻnglingni bilib qolarmiz. Kolxoz nima ekanligini sen ham bilib olarsan. Gap shu: hech qayoqqa bormaysan. — Abdulla Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlariGap eshitmoq - boshqalardan tanbeh olmoq.
- Seni deb oʻqituvchidan men gap eshitdim.Gap oʻtmoq - ikki kishi orasida past-baland gap boʻlib oʻtmoq.
- Shu qiy-chuv ichida Mirzakarimboy bilan xotini oʻrtasida bir oz achchiq-tiziq gap oʻtdi. — Oybek — Tanlangan asarlarGap oʻgʻirlamoq (yoki termoq) - boshqalarning aytganlaridan ularning fikr-niyatlarini bilib olmoq.Gap qaytarmoq - oʻjarlik, qaysarlik qilib, soʻzga kirmaslik.
- Gap qaytarganingiz uchun yana besh kun qoʻshaman. Yigirma kun oʻtab berganingizdan keyin kelasiz. — Xudoyberdi Toʻxtaboyev — Shirin qovunlar mamlakatiGap qilmoq - 1) hamma yerda gapirmoq, gap tarqatmoq.
- Boshlariga hech tushmasa mojaro, Hamma joyda gap qilmasa fuqaro. — Hamid Olimjon
- -Tagʻin odamlar buni ham gap qilib yurishmasin! - dedi Tojiboy. — Parda Tursun — Oʻqituvchi 2) biror shaxs haqida notoʻgʻri fikr tarqatmoq.
- -Sizni Ziyodaxon bilan gap qildim, - dedi Qori Oʻrmonjonga. — Abdulla Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlariGap qistirmoq - aytilayotgan soʻz, nutq orasiga luqma kiritmoq.
- -Roʻzimat uka, yaxshi, gapingga yana bitta gapni qistirib oʻtgin. - dedi Qambarali aka. — Abdulla Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlariGapga bichgan yoki onasi gapga tuqqan - gapga usta, gapdon, mahmadona.
- -Abdishukurni xudo gapga bichgan, yengib boʻlmaydi, - dedi Jamolboy pichirlab. — Oybek — Tanlangan asarlarGapga kirmoq - soʻzga quloq solmoq, boʻysunmoq.
- Hazratqul yuvosh, nima desa, gapga kiradigan boladan bunaqa gap chiqishini sira oʻylamagan edi, gangib qoldi. — Said Ahmad — YulduzGapga solmoq - 1) yaxshi gap bilan yoʻlga solmoq.
- Ahmoqni urma, soʻkma, gapga sol. — Maqol 2) gap bilan band qilmoq; turli soʻroqlar berib voqeani aniqlamoq
- Oʻtgan-ketgan kampirlarning qoʻliga choy tutqazib, gapga soladi. — “Mushtum”
- [Kampir] Kelinlarni oʻsmoqchilab gapga solar, eshitganlarini eriga soʻzlar, chol esa darrov Qoratoyga yetkazar edi. — Oybek — Tanlangan asarlarGapga toʻn kiygizmoq - bejab gapirmoq, mubolagʻali gapirmoq.
- Obbo siz-ey.. Xoʻp gapga toʻn kiygʻizasiz-da.. — Nazir Safarov — Gapdan gap chiqib - gap bir-biriga ulanib.
- Gapdan gap chiqadi, deganlaridek, nonushta paytida bek toʻsatdan meʼmorga murojaat etib, bu yerda biron oy qolish iloji yoʻqmikan, muhim bir iltimos, uzrimiz bor edi, dedi. — Mirmuhsin — Meʼmor
- Gapdan gap chiqib, odamzodning pastkashi qanaqa boʻlishiga borib taqaldi. — Said AhmadGapidan ilinmoq - ilinmoq.Gapi ogʻzida qolmoq - biror sabab bilan soʻzlayotgan vaqtida toʻxtab qolmoq; gapi uzilmoq.
- Uning gapi ogʻzida qoldi, koʻzlari xiyol kengayib, nim ochiq labi titradi. — Pirimqul Qodirov — Uch ildizGapim gap - Soʻzim bir, ahdim yagona, qatʼiy.
- Yoʻq, haligi gapim gap. — Xudoyberdi Toʻxtaboyev — Shirin qovunlar mamlakatiGapini birovga bermaydigan - oʻzining gapini maʼqullaydigan, oʻzini bilagʻon hisoblaydigan.
- Shaddod, gapini birovga bermaydigan, erkakshoda Asrora zvenoga boshliq edi. — Said Ahmad — UfqGapini ikki qilmaslik - iltimos yoki taklifni soʻzsiz bajarishlik.
- Inoyat oqsoqol yoshligidan bir gapini ikki qilmagan qizini bunaqa xarjlardan tiyolmasdi. — Said Ahmad — Ufq
- Sohib qori yana poʻpisa qildi: -Gapimni ikkita qilsang, senday qizim yoʻq! Bilib qoʻy shuni. — Ibrohim Rahim — Chin muhabbatGapini yoʻqotib qoʻymoq - maʼlum ruhiy taʼsir natijasida fikrning davomini unutib qoʻymoq; esankirab, nima deyishini bilmay qolmoq.
- -Yoʻq, men hammasi demoqchi emasman, baʼzi birlari, — dedi Boʻtaboy aka va gapini yoʻqotib qoʻydi. — Abdulla Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlariGapini olmoq - 1) biror narsa, ish haqida oʻzganing fikrini, maqsadini bilmoq.
- Qosim, tezroq oʻzim borib, tergovchining gapini olay, falokat bosib, ishning misi chiqib qolmasin. — "Mushtum" 2) maʼlumot olmoq.
- Kampirdan boshqa ortiqcha gap ololmagach, u [qoʻshni xotin] ingichka boʻlib, burilib chiqib ketdi. — Mirmuhsin — UmidGapini ogʻzidan olmoq (yoki ilib ketmoq) - soʻzlab turgan kishining gapini toʻxtatib, oʻzi gap boshlamoq.
- Bizlar bilan koʻlga ovga chiqinglar, - dedi u Japaqning gapini ogʻzidan olib. — Asqad Muxtor — Qoraqalpoq qissasiGapni aylantirmoq - suhbat yoʻnalishini boshqa tarafga burmoq.
- Alimardon hammasi tamom boʻlganini yanada chuqurroq his etdi. Gapni aylantirib oʻtirishdan foyda yoʻqligini bilib, koʻnglidagi bor gapni aytdi. — Oʻtkir Hoshimov — Qalbingga quloqsolGapni bir yerga (yoki joyga) qoʻymoq - bir maslahatga kelmoq, kelishmoq.Gapni (boshqa yoqqa) burmoq - gapni aylantirmoq.
- Ikromjon gapni boshqa yoqqa burvordi. — Said Ahmad — Ufq
- -Gapni boshqa yoqqa burmoqchisiz-a, xap siznimi! Xotinlardek hiylakori boʻlmas ekan dunyoda, - deb uni gapga solmoqchi boʻldim. — Oydin — HikoyalarGapni boʻgʻmoq - bir kishini soʻzlashdan toʻxtatmoq.
- Hikmatilla yana gapga kirishgan edi, Zoyirjonning yonida oʻtirgan Nargiza oʻrnidan turib ketdi. Oppoq yuzi jahldan qizarib, tez-tez gapirib tashladi: -Nega birovning gapini boʻgʻasiz? — Oʻtkir Hoshimov — Qalbingga quloqsolGapni chuvalamoq - biror narsani bilish uchun gapni choʻzmoq.
- Nuri bu yigit toʻgʻrisida koʻproq narsa bilishni istash bilan baravar, bu qizning unga munosabatini ochish kabi yashirin bir niyat bilan gapni chuvaladi. — Oybek — Tanlangan asarlarGapning beliga tepmoq - suhbatga halal bermoq, suhbatni buzmoq.Gapning magʻzini chaqmoq - masalaning mohiyatiga tushunmoq.
- Buvnisa xola, Saltanat Mahkam akalarnikiga kirib ketgandan soʻng, gapning magʻzini chaqdi. — Rahmat Fayziy — Sen yetim emassanGapning ochigʻi - toʻgʻrisini aytganda, toʻgʻrisi.
- Lekin, gapning ochigʻi, Karimovning ham ahvoli parishonroq edi. — “Mushtum”
- Gapning ochigʻi, mana shu seniki. — Oʻktam Ismoilov — SaylanmaGapning poʻst kallasi - xullasi kalom, xullas.
- Gapning poʻst kallasi, doʻsting Xoʻjaqul ham Hamroqul Tursunqulov boʻlishni bir orzu qilgan edi-da, ogʻayni. — Odil Yoqubov — UchrashuvGapning tagiga yetmoq - biror voqea-hodisaning asl sababini aniqlamoq; masalaning tub mohiyatiga tushunib yetmoq.Gapning qisqasi - xullasi kalom.Ana shunaqa gaplar - Ishlar shunday.
- -Ana shunaqa gaplar, Sidiqjon, shunaqa gaplar. Yigirma birni bir qilishimiz kerak, bir! - dedi va oʻrnidan turdi. — Abdulla Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlariBir gap bor - biror sirli narsa mavjud, qandaydir maʼlum boʻlmagan narsa bor.
- Izlanishlarim shunga kelib taqaldi, demak, mixda bir gap bor. — "Fan va turmush"
- -Bunda bir gap bor, - dedi Olga Petrovna, kursidan turib. — Mirzakalon Ismoiliy — Fargʻonada tong otgunchaBir gap boʻlar - Oxiri bir natija bilan yakunlanar.
- Qani, turlaring, lapashanglar, qorinni toʻygʻazib olaylik, keyin bir gap boʻlar. — Odil Yoqubov — Er boshiga ish tushsa
- Masalan, besh hoʻkizdan bir qoʻshni, bogʻli yerlarning yarmini oʻgʻliga ajratsa, uning yuki ancha kamayadi. Objuvoz boʻlsa, mayli, bir gap boʻlar. — Parda Tursun — OʻqituvchiBir gap boʻldimi? - Biror voqea, hodisa sodir boʻldimi?
- Mansur Muslim! Senga bir gap boʻldimi? ..shunday vaqtda ish koʻrsatmasak, qachon koʻrsatamiz?! — Nazir Safarov — Tanlangan asarlarBoshqa gap edi - boshqacha ish tutish mumkin edi.
- Bu kampirning ustidan qayoqqa dod deb boraman, biron joyda ishlasa, boshqa gap edi. — "Mushtum"Bu bor gap - Bu haqiqat, bu aniq.
- Kal boshini burib, nosini tufladi, soʻngra tamshanib turib, ishonch bilan dedi: - Bu bor gap! — Parda Tursun — OʻqituvchiBoʻladigan gap - amalga oshishi mumkin boʻlgan toʻgʻri fikr.
- -Nizomiddinov, - dedi rais oʻrnidan turib, - siz odamlarning vaqtini olayotirsiz axir. Boʻladigan gapni gapiring! — Abdulla Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlariBoʻlmagan gap - behuda, yoʻq narsa, asossiz narsa.
- -Riyoziyot boʻlmagan gap, oʻzini bilgan kimsa bunaqa ishlar bilan boshini qotirib yurmay, harbu zarbni mashq qilgani maʼqul, - dedi Ibrohim Sulton. — Mirmuhsin — MeʼmorBoʻladigan gap shuki - gapning poʻst kallasi.
- Boʻladigan gap shuki, kambagʻallar majlis qilib, sizning xoʻjaligingizni tugatishga, oʻzingizni Kapsanchilar buyrugʻidan badargʻa qilinishiga qoʻl koʻtarishdi. — Abdulla Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlariDuv-duv gap - biror voqea, hodisa haqida mish-mish.
- Kunlardan bir kuni mahallada duv-duv gap boʻlib qoldi:“Muxtorxon domla uylanarmishlar!” — Abdulla Qahhor — Toʻyda azaIkki gapning birida - Har bir gapida, muntazam, doimo.
- Buvim ham, bolalar ham ikki gapning birida “kal”, “Hojikal”, deb kamsitishadi - dedi Said. — Ergash Raimov — Ajab qishloq
- Ikki gapning birida peshonasiga urib, goh boʻgʻilib va goh qotib-qotib kulib, odamlarni kuldirib hikoya qildi. — Abdulla Qahhor — Ming bir jonKatta gap - 1) katta, muhim masala, ish; 2) oʻz imkoniyatidan tashqari gaplarni gapiradigan quruq odam.Koʻnglingizga boʻlak gap kelmasin - Xafa boʻlmang, koʻnglingiz ogʻrimasin.
- Mezbonlar dilsiyohlik kayfiyatini yashirishga urinishdi, ammo yotar mahaligacha bu bir necha martaba yuzaga chiqdi va, oqibat, mehmonning koʻngliga boʻlak gaplar kelmasin uchun, ikki orada oʻtgan gapni aytishga majbur boʻlishdi. — Abdulla Qahhor — MirzoMayda gap - 1) turli xil ikkinchi darajali gap-soʻz.
- Qani, shulardan birini anhor boʻyiga tashlab, barcha mayda gaplarni unutib, koʻngilga yaqin chor ulfating bilan otamlashsang. — "Guldasta" 2) shunday gaplarni koʻp gapiradigan shaxs; vaysaqi; igʻvogar.Nima gap? - Nima boʻldi, nima yangilik?
- Qishloqlarda nima gaplar bor ekan? Bir suhbat qil. Asta-sekin soʻra sen. — Hamid OlimjonNima gapu nima soʻz - Nima boʻladi-yu, nima qoladi.
- U alla-qanday ofatni his qilib, xatga koʻz yugurtirdi. Sunnat: “Meni armiyaga olishdi. Uch yilgacha nima gapu nima soʻz, yoʻlingiz ochiq, erga tegib ketavering. Hozir eski zamon emas, bunaqa narsalarning unchalik ahamiyati yoʻq”, degan mazmunda yozibdi. — Oʻtkir Hoshimov — Qalbingga quloq solOgʻir gap - 1) dilni ogʻritadigan, kishiga ozor beradigan gap, xabar; 2) mushkul ish, qiyin muammo.
- -Menimcha, uylanishdek nozik bir ish dunyoda yoʻqdir, - dedi Rahmat va Otabekka yuz oʻgirdi: - Uylangan xotining taʼbingga muvofiq kelsa, bu juda yaxshi, yoʻqsa, munchalik ogʻir gap dunyoda boʻlmas. — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlarTayinli gap - aniq, maʼlum, muayyan gap, fikr.
- Biroq doktor uni [Sidiqjonni] qoʻl uchidagina koʻrdi, dori bermadi, tayinli bir gap ham aytmadi. — Abdulla Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlariTurgan gap - aniq, shubhasiz.
- Fursat boy berildimi, ishning keyin ketishi turgan gap. — Nazir Safarov — Jasoratning davomi
- Ertaga, turgan gap, dalaga odam chiqmaydi. — Abdulla Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlariXunuk gap - yomon, sovuq xabar, ish.
- Lekin kuzda, podani koʻchirib qishloqqa tushganimizda, Sayfidan xunuk bir gapni eshitdim. — Sa’dulla Siyoyev — YorugʻlikOʻzingizdan qolar (yoki oʻtar) gap yoʻq - Oʻzingizga maʼlum, sizdan yashiradigan narsa yoʻq.
- Gap oʻrgatmoqchi emasman, oʻzlaridan qolar gap yoʻq. — Asqad Muxtor — Opa-singillar
- Bu ish kechasi boʻlgani maʼqul. Kunduzi boʻlsa, oʻzingizdan oʻtar gap yoʻq, xunukroq koʻrinadi. — Abdulla Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlariOʻtgan gapga salavot - Boʻlar ish boʻldi, endi befoyda.
- Qurbon ota.. Oʻrmonjonning yoniga choʻkka tushib: -Oʻrmonjon, oʻgʻlim, bola bechoraga bir yordam qilgin, oʻtgan gapga salavot, - dedi. — Abdulla Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlariOʻgʻil bola gap - eng toʻgʻri gap, haqiqiy gap.
- -Ha balli! Mana bunisi oʻgʻil bola gap boʻldi, - dedi chol zavqlanib. — Odil Yoqubov — Qahramon izlabHech gap yoʻq - 1) Biror hodisa roʻy bermadi, tinchlik.
- Bizning oramizda hech gap yoʻq, qasam ichaman. Hech gap yoʻq! Hech gap boʻlmaganidan keyin rashk ham boʻlmaydi. — Abdulla Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari 2) hech narsa yoʻq.Hech gap emas - qiyin emas, arzimaydigan, oson ish.
- Qurbon ota boshlab bersalar, u yogʻi hech gap emas. — Abdulla Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari
- Yosh olimning (Beruniyning) musofirchilikda boshidan kechirgan kulfatlari bu tashvishlar oldida hech gap emasdi. — Mirkarim Osim — Jayhun ustida bulutlar
- Qoʻshnilarga yordam berish siz uchun hech gap emas. — Sharof Rashidov — Boʻrondan kuchli
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0