Толковый словарь
gard
гард
Значения
- . Chang, un, koʻmir kabilarning yuqi.
- . Dogʻ, nuqson.
- . Zarra, belgi, asar, nishon.
- Oʻziga gard yuqtirmaslik Oʻz obroʻsiga dogʻ tushirmaslik.
Примеры
- Un gardi.
- Tegirmonga kirganning kiprigiga gard ilashadi. — Shukrullo — Javohirlar sandigʻi.
- U doʻl tagida shoʻx aylanayotgan yalpoq katta tosh atrofidagi un gardlarini sidirar, tegirmon toshining gʻuv-gʻuvida hech narsa eshitilmasdi. — Sh. ToshmatovErk qushi.
- Muborak nomiga gard yuqtirmay yashamoq.
- Roʻparamda chordona qurib oʻtirgan bu ajoyib moʻysafidning boshiga yillar oppoq gardini ayamay toʻkibdi-yu, lekin vujudini soʻndirolmabdi. — A. Hasanov — Yasharish.
- Qoʻshiqchi anglab shu chogʻ Temiroxun dardini, Chehrasiga oʻrnashgan Qaygʻu, kulfat gardini. — Gʻayratiy.
- Hamma hayron: oʻziga gard yuqtirmaydigan, gap tegizmaydigan abjir qiz negadir shuncha mazaxlarga chidab, indamay yuribdi? — Gazetadan.
- Otam umrining oxirigacha oʻz shaʼniga, oilasi shaʼniga gard yuqtirmaslik, odamlardan dakki-dashnom eshitmaslik uchun intilgan. — H. Nosirova — Men oʻzbek qiziman.
Этимология
fors. — chang, gʻubor; kukun
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0