Толковый словарь
garov
гаров
Значения
- Vaʼdaning bajarilishiga ishontirish uchun qoldiriladigan omonat narsa.
- Bajarilishini, amalga oshuvini taʼminlovchi narsa, asos.
- Garov oʻynamoq (yoki bogʻlashmoq) Bas bogʻlashmoq, shartlashmoq.
Примеры
- Xoʻp, men garovga pul berib ketay, — dedi Yoʻlchi Qora Ahmadga. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Men ogʻaynilarni koʻzlarim ustida tutaman, ularni muhtojlik chogʻlarida koʻrsam, oʻzimni garov qoʻyib boʻlsa ham, ehtiyojdan chiqarishga tirishaman. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Kuzgi shudgor – moʻl hosil garovi.
- Doʻstligimiz hozirgi zafarlarimizning poydevori, porloq istiqbolimizning garovi, boqiy umrimizning timsolidir. — Gazetadan.
- Rais yem-xashak hozirlash chorvachilikni rivojlantirishning asosiy garovi ekani toʻgʻrisida katta nutq soʻzladi. — S. Anorboyev — Oqsoy.
- Merganligimga ishonmaysizmi? Unday boʻlsa, garov bogʻlashamiz. — S. Ahmad — Qadrdon dalalar.
Этимология
fors. – kafolat
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0