Толковый словарь
gul
гул
Значения
- . Yopiq urugʻli oʻsimliklarning urchish uchun xizmat qiladigan, gulband, kosachabarglar, tojbarglar, changchilar va urugʻchidan iborat qismi.
- . Atirgul va umuman ziynat uchun ekiladigan yoki tabiiy, oʻzi oʻsadigan gulli oʻsimliklar; chechaklar.
- Qizil gul q. qizil
- Tuvak gul. Tuvakda oʻstiriladigan xonaki gul.
- . Biror narsaga tabiatdagi gullar shaklida chizib, tikib, bosib yoki oʻyib tushirilgan bezak, naqsh; ornament.
- . koʻchma poet. Goʻzal.
- . (1-sh. egalik qoʻshimchasi bilan murojaat shakli) Yor, sevikli ayol.
- . (3-sh. egalik qoʻshimchasi bilan) Eng yaxshisi, sarasi; fayz kirituvchisi, qi-zituvchisi.
- . etn. Bahorda, gullar ochilganda, marhum xotirasiga bagʻishlab uning yiliga qadar oʻtkaziladigan marosim.
- Gul tashlamoq 1) gul-naqsh bilan qop-lanmoq (qishda muz naqshi bilan qoplan-gan oyna haqida); 2) mogʻorlamoq.
Примеры
- Yigit (lar)ning guli. Ziyoli-larning guli.
- Non gul tashlabdi. — Gul qilmoq Yashnatmoq — obod qilmoq; qizitmoq.
- Xarob boʻlgan roʻzgʻorni Ishlab-ishlab gul hilgan. — "Oysuluv".
- Oʻlan aytib, toʻylarni gul qilasiz, Bu xizrni oʻzin-gizga pir qilasiz. — "Oq olma — qizil olma". Oʻn gulidan bittasi ham ochilmagan Yosh, navqiron odam haqida.
- Ana shu xayollar Begimxonni bezovta qilardi: -Un gulimdan bir gulim ochilmay turib, tul boʻlib qol-dimmi?! — deb oʻksindi u. — I. Rahim — Chin muhabbat. Qoʻli gul Har ishga mohir, oʻz ishining ustasi.
- Zokir ota, shubhasiz, juda tajribali paxtakor, qoʻli gul odam. — A. Qahhor — Xotinlar.
- Olma guli. Iok guli. shsh Nurining hovlisida-gi giloslar gullagan. Ularning oppoq, koʻrkam gullari quyosh nurida juda nafis tovlanar. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Pushti gul. Oq gul. Qoʻqon gul. Tikansiz gul boʻlmas, mashaqqatsiz — hunar. — Maqol.
- Dala yoʻlining ikki tomonidagi bogʻlar tutash gullar bilan qoplangan. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Cyna-larning oralariga, atrofiga anvoi gullar ekilgan. — A. Qaqhor — Asror bobo.
- Tez kunda albomning varaqlari fotosuratlarga va boʻyoq qalamda chizilgan gullarga bezandi. — Nazir — Choʻl havosi.
- Mehrini esa doʻppisining gulidan tanidi. — Sh. Rashidov — Boʻrondan kuchli.
- Tulni gulga qoʻsh. — Maqol.
- Ikkovi ham uzilmagan gul. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Bermagil yovuzlarga bir daqiqa xushnudlik, Gul Vatanning mard oʻgʻli, koʻkragingni qalqon qil. — Gʻayratiy.
- Gulim, senga aytar soʻzim bor. tsh Maktubimga javob yozmading, dildor, gulim ham bahorim sensan, Gulbahor. — M. Alaviya.
- Shoʻx qiz, shakar qiz, qizlarning guli, Qoshlaringni koʻrsatgil, men uning quli. — S. Ayniy — Doxunda.
- Yigitali kelin-kuyovning maqsadi, borar manzilini bilsa ham, ularning salomlariga alik olgach, koʻngil uchun soʻradi: -Ha, yigitning guli, yoʻlingiz boʻlsin? — T.Malik — Ajab dunyo.
- Fasli bahor. Qoʻshnim Gʻafur Gʻulomning ellik yilligi. Oʻshanda Bulbul Mamedov toʻyxonaning guli boʻlgan edi. — H. Nazir — Maftu-ningman, Ozarbayjon.
- Cholning yostigʻi tagidan topilgan pul uni koʻmib kelishgagina yetdi. Hali bu yoqda uchi, yettisi, yigirmasi, fotihaxonligi, shakligi, iftorligi, ikki hayiti, guli, qovoq oshi, qovun-uzumi, yil oshisi, oq solar va hokazolar bor. — M.Osim — Tilsiz guvoh.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0