Толковый словарь
gupillamoq
гупилламоқ
Значения
- "Gup" etgan ovoz chiqarmoq.
- Birdan dimoqqa urmoq, anqimoq (hid, is haqida).
- Shiddat bilan yogʻmoq (qor haqida). Guppilatib yirik-iirik qor yogʻardi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol.
- Yuragi gupillab urmoq ayn. yuragi gup-gup urmoq. q. gup-gup.
Примеры
- Hammayoq jimjit, faqat alla-qayerda elektrostansiya gupillar edi. — A. Qahhor — Oltin yulduz.
- Kimdir yugurib, ichka-riga qochdi, nimadir gupillab, yerga tushdi, nimadir polga daranglab dumaladi, sindi. — Shuxrat — Jannat qidirganlar.
- \Hazratning\ Qoʻlida katta savat, savatda but-butun qoʻy.. undan archada pishgan kabob isi gupillab turibdi. — I. Rahim — Takdir.
- Dimogʻimga nahorda uzilgan xushboʻy handalakning hidi gupillab urilganday boʻldi. — X. Toʻxtaboyev — Shirin qovunlar mamlakati.
- Qor hamon gupillab yogʻardi. — O. Moʻminov — Xiyobondagi uch uchrashuv.
- Dilfuzaning yuragi gupillab urgancha, oyoqlari boʻshashib, ayvon ustuniga yuzini bosdi. Oʻ. — Hoshimov — Qalbingga quloq sol.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0