Толковый словарь
hadis
ҳадис
Значения
- . Islom dinida Qurʼondan keyingi muqaddas manba, Muhammad paygʻambarning faoliyati va koʻrsatmalari haqida rivoyatlar majmui (Rasululloh sallallohu alayhi vassallamning turli sharoitlarda shariat ahkomlariga oid aytgan soʻzlari ham hadisdir).
- . Biror kimsaning aytgan soʻzlari yoki gaplari; rivoyat, hikoya.
- Hadis oshi yoki oshi hadis Muhammad paygʻambarning aytib qoldirgan soʻzlari, u haqidagi rivoyatlarni oʻqish, eshitish maqsadida oʻtkaziladigan ziyofat, yigʻin.
- Hadisi sharif hadis 1.
- =hadis II=
Примеры
- Bir qancha moʻtabar kitob, oyat va hadislarni qarab chiqdim. — Gʻayratiy — Dovdirash.
- U [Teshaboy] ham, oʻz paygʻambarlarining hadisini buzgan yoki firibgarlik, qilvirliklar bilan oʻz paygʻambarlarini aldagan riyokorlar singari dinidan ham chiqmas, shariat oldida murtad ham boʻlmas edi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Ahmadxoʻja oʻz xatida, Madrasai oliyada tafsir, hadis, ilmi kimyo kabi turli ilmlar oʻqitilishini yozgan edi. — M. Muhammadjonov — Turmush urinishlari.
- Maygun labing hadisi mast etdi gʻoyibona, Kayfiyat oʻldi zohir jomi sharob koʻrmay. — Fazliy.
- Senga balki ayon, balki noayon, Bir hayot hadisin aylayin bayon. — A. Oripov — Yillar armoni.
- Asti nimasini aytasiz. Oshi hadisda yetmishga kirgan hazratimniyam koʻzlari shoh-soqqadek oʻynab ketdi. — Hamza — Paranji sirlari.
- U [Sultonmurod] diniy kitoblar — hadisi sharif, hatto qurʼon oyatlaridagi.. taʼbirlar haqida savol berib, ustozlarning gʻashiga tegardi. — Sh. Toshmatov — Erk qushi.
- Hadisi sharifda buyurishicha, odam avvalo oʻziga, keyin ahli ayoliga, oila aʼzolariga yordam bersa, risoladagidek boʻladi. — Gazetadan.
Этимология
arab. – soʻz; suhbat; hikoya, rivoyat
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0