Толковый словарь
hajv
ҳажв
Значения
- [a. — birovdan kulish; mas-
- xara, mazax qilish; satira] Ayrim shaxs yoki ijtimoiy hayotdagi nuqsonlarni kulgi ostita olib, masxaralab aytilgan (yozilgan) ran, jumla, bayt, asar.
- Hajv qilmoq Masxarali gap-soʻz, bayt va sh.k. bilan tanqid ostiga olmoq.
Примеры
- Avaz ayrim munofiq, nodon kimsalar xususida hajv aytdi. — S. Siyoyev — Yorugʻlik.
- Muqimiyni koʻrganlar kam boʻlsa ham, lekin uni ogʻizdan ogʻizga oʻtib kelgan diltortar gʻazallaridan, kuldirib ichakuzar hajvlaridan taniydiganlar koʻp edi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- U devoriy gazetaning redkollegiya aʼzosi edi, progul-chilikka qarshi chiqarilayotgan shoshilinch son uchun uch-toʻrt band hajv yozib borishni iltimos qilishdi. — P. Qodirov — Uch ildiz.
- UAvaz-ning tili zaharligini, birovni hajv qilish-ga ustaligini biladi. — S. Siyoyev — Yorugʻlik.
- Shoir "Madhiy"ning boʻlsa yana ahvoli maʼ-lum: xonni maqtash, oʻziga yoqmaganni hajv qilish, xotinbozlik, bachchabozlik bilan ovora bir betayin. — A. Qodiriy — Mehrobdan chayon.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0