Толковый словарь
halokat
ҳалокат
Значения
- . Fojiali oʻlim.
- . Biron sabab tufayli yuz beruvchi falokatli hodisa.
- . Tag-tomir bilan yemirilish, barbod boʻlish.
- . Katta falokat, oʻlim keltiruvchi holat.
Примеры
- ..koʻziga hech narsa koʻrinmas, faqat Xudoyberdiyevni halokatdan qutqarish toʻgʻrisida oʻylar edi. — T. Rustamov — Mangu jasorat.
- Bektemir shu payt, "qimirlash halokat" degan sinalgan dasturdan voz kechdida, okopdan irgʻib chiqdi va goh emaklab, goh sakrab chopdi. — Oybek — Quyosh qoraymas.
- Mashina halokati. Poyezd halokati.
- Hasan soʻfi bilan Alim buvani qishloqqa qaytargan narsa minut sayin xavfga, kun sayin halokatga aylanib borayotgan ungur masalasi edi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Keskinlashgan sinfiy ziddiyatlar milliy ozodlik harakatini yanada kuchaytirib, kolonializmning halokatini tezlashtirdi. — S. Xoʻjayev — Oʻzbek tarixiy filmlari.
- Halokat oldida turmoq.
- Bu esa odamlarni qiynashi, halokatlarga sabab boʻlishi, ehtimol. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Qayoqqa ketamiz, taqsir? -Boboqul halokat ogʻzida qolgan kishiday Maxsumga umid bilan tikildi. — S. Anorboyev — Oqsoy.
Этимология
arab. – vayron boʻlish (qilish), oʻlim; oʻlish; falokat, xavf-xatar
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0