Толковый словарь
halol
ҳалол
Значения
- . Shariat hukmiga muvofiq yesa, ichsa, foydalansa boʻladigan; harom emas.
- . Kishining oʻziga qarashli, oʻz mehnati bilan, peshona teri toʻkib topilgan; xiyonat, gʻirromlik kabilardan xoli.
- . Gʻirromlikka oʻrganmagan, qingʻir yoʻlga bormaydigan, birovni aldamaydigan; toʻgʻri, sofdil.
- . Nikohlab olingan, qonuniy (xotin haqida).
- . Oʻzbek kurashida sof gʻalabaga beriladigan baho.
Примеры
- Pulni olmadim, ming marta roziman, sizga ona sutiday halol boʻlsin.. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Jon-dilidan halol ishlaydigan odamlar bilan inoq.. — R. Fayziy — Choʻlga bahor keldi.
- Toʻgʻri tut ishingni va halol yasha! — Shuhrat.
- Mahfuza endi qingʻirlikni tashlar, bolalarini halol pul bilan boqib, voyaga yetkazar.. — Gazetadan.
- Halol kishi. Halol ishlamoq.
- Kolxoz raisi umri yetimlik bilan oʻtgan halol odam. — Sh. Rashidov — Boʻrondan kuchli.
- [Zargarov:] Bechora Oqila oʻzi juda halol, mehnatkash, bolalarga juda mehribon ayol. — A. Qahhor — Ogʻriq tishlar.
- Azaliy xalqing bor bir el qatori, Tantiyu mehnatkash, toʻgʻrisoʻz, halol. — A. Oripov — Yillar armoni.
- Birovning halolini birov suyadigan zamon ekanda, vodarigʻ? — S. Siyoyev — Otliqayol.
- Oʻzining bir emas, ikkita xotini boʻla turib, tagʻin bir yigitning haloliga koʻz olaytirish.. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
Этимология
arab. – ruxsat etilgan, yoʻl qoʻyilgan; qonuniy, asosli; toʻgʻri, vijdonli odam
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0