Толковый словарь
haqiqat
ҳақиқат
Значения
- . Chindan xam boʻlgan, voqelikka mos holat, narsa.
- . Maʼlum tartib-qoida, qonunlarga mos ish, xatti-xarakat, holat; rostlik, toʻgʻrilik.
- Haqiqat qilmoq Haqiqat, toʻgʻrilik yuzasidan ish tutmoq.
- . Kishi ongida voqelikning, obyektiv borliqning xaqqoniy, toʻgʻri aks etishi.
- . Rostligi fanniy yoʻl bilan isbotlangan, tajribada sinalgan xolat, xukm, fikr.
- . Ilohiyatni (xudoning borligini) oʻz-oʻzidan anglashiladigan, isbot talab qilmaydigan, shubxadan tashqari, aniq bir xodisa deb tushunish.
Примеры
- Ishga kelganidan beri endi bitta jiddiy topshiriq oldi, haqiqatni aytmaslik gunoh. — F. Musajonov — Himmat.
- Inson baxti mehnatda ekanligi ayni haqiqat. — Gazetadan. —
- Deydilar: har zamonning bordir oʻz tarozusi, Oh, naqadar rost erur ushbu buyuk haqiqat. — A. Oripov — Yurtim shamoli.
- Xalq afsonalarda oʻz orzu-umidlarini, yurak nidosini.. yaxshilik va haqiqat uchun kurashni ifodalagan. — "Oʻzbekiston qoʻriqlari".
- Qahramonlar haqida ocherk yozish uchun ularni qidirib topish, sarguzashtlarni haqiqat, adolat tarozisida tortib koʻrmoq kerak. — N. Safarov — Olovli izlar.
- Hokim toʻra haqiqat qilsin. Bolamni chaqirib, oʻzi soʻrasin! — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Hazrat haqiqat qilib, saltanat pulini oʻgʻirlayotganlarni jazolaydi. — Mirmuxsin — Meʼmor.
- Mana shu soddagina rivoyat zamiriga sanʼatning mohiyati haqidagi ulugʻ haqiqat singdirib yuborilgan. — "Yoshlik".
- Men Mirzo soʻziga amal qilaman, uning gapida haqiqat borligiga dilim ishonib turibdi. — Mirmuxsin — Meʼmor.
Этимология
arab. حَقِيقَة – chinlik, rostlik, toʻgʻrilik; chin, toʻgʻri gap; tub maʼno
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0