Толковый словарь
haqorat
ҳақорат
Значения
- \a. - pastlik, razil-
- lik, tubanlik; pastkashlik; tahqirlash] 1 Kishining or-nomusi, shaxsiyatini pastga uradigan, tahqirlovchi maʼno-mazmunli soʻz, ran.
- Shunday maʼno-mazmunli muomala, xatti-harakat, holat.
- Haqorat qilmoq ayn. haqoratlamoq.
Примеры
- Toʻlqinjon buni darrov payqadi, koʻzi-ni yashirib, ogʻzidan chiqib ketay degan haqoratni "qult" etib yutdi. — F. Musajon — Huri. Abdubilol endi yigʻlab, ogʻziga kelgan gapni qaytarmadi, alamidan akasining yuzi-ga tupurdi. S. Yunusov, Kutilmagan xazina.
- U[oʻquvchi bola].. lovul-lab turgan qulogʻini ushlagancha, Hojiga qaradi va bisotidagi eng ogʻir, eng dah-shatli haqoratni ishlatdi, yaʼni "tarbiya-siz!" dedi. — A. Qahhor — Asarlar.
- Asal xola oʻgʻlining ichmasligini bilardi, tergovchi-ning bu gapi haqorat boʻlib tuyuldi. S. — Yunusov — Kutilmagan xazina.
- Gʻulomjon stoldagi nonlarga qarab, koʻngli buzildi. Uning sof niyatiga bu bir haqorat boʻlsa ham, odamlarning maʼrifat uchun ogʻzilari-dagi oshlarini berishga tayyor ekanliklari-ni oʻylab, Matqovul kambagʻalga rahmi kelib ketdi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Bizning mayda-chuyda hokimlarimiz birlasha olmagani tufayli, katta kuchga ega boʻlgan istilochining hamlasiga dosh berolmadik.. xotinlarimiz, qizlarimiz olib ketildi. Bundan ortiqhaqorat bormi, Meʼmor?! — Mir-mu\sin — Meʼmor.
- Siz boʻlsangiz, "meshchan", deb haqorat qildingiz ularni. — A. Muxtor — Tugʻilish. Ha, meni haqo-rat qilgan tillaring uzilsin! D. Nuriy, Osmon ustuni.
- Bahsda qizishgan, baqirgan, qarshi tarafni haqorat qilgan odam doim yutqazadi. — F. Musajonov — Himmat.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0