Толковый словарь
hashar
ҳашар
Значения
- Biror ishni bajarishda koʻpchilikning ixtiyoriy, begʻaraz ishtiroki, ixtiyoriy koʻmagi.
- Hashar qilmoq, Hashar tashkil qilmoq, hasharda qatnashmoq.
Примеры
- Xalq taomiliga koʻra, choyxonalar hashar yoʻli bilan quriladi. — Oʻ. Hoshimov — Qalbingga quloqsol.
- Bizning qishloqda buvamning uylari hashar bilan qurilgani esimda. — I. Rahim — Qadriabad odamlar.
- Shahar va boshqa aholi yashaydigan punktlardagi ariqlarni hashar yoʻli bilan tozalashni uyushtirish darkor. — Gazetadan.
- Ot choptirib, eldan usta yigʻinglar, Eldan hashar qilib, gʻishtlar qoʻyinglar. — "Yusuf va Ahmad".
- Qish boʻlsa-yam hashar qilib, hovlini sozladi. — T. Murod — Ot kishnagan oqshom.
Этимология
[a. — yigʻin, toʻda; yigʻilish, anjuman, maj. qiyomat]
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0