Толковый словарь
havaskor
ҳаваскор
Значения
- Biror nar-saga qiziqadigan, uni yaxshi koʻradigan (shaxs); havasmand, havasli, ishqiboz.
- Kasb, hunar, sanʼat va sh.k. boʻyicha mashgʻulotlar olib boradigan maxsus toʻgarak qatnashchisi (asosan yoshlar haqida).
Примеры
- Ha-vaskor ovchi. Musiqaga havaskor. m Nabi-gulning aytishicha, bular mahalladagi ha-vaskor sozandalar edi. A. Qahhor, Qanotsiz chittak.
- Bu yerda oʻnlab havaskorlar suvga tizzagacha tushib olib, baliq ovlashyapti. — Gazetadan.
- Yozuvchilikka havaskor boʻlgan yosh talantlarning asarlarini ilgarigidek xom-xatala bosib chiqarishga barham berilgan deyish mumkin. — N. Safarov — Olovli izlar.
- Tikuv-chilar artelining havaskor sozandalari toʻgaragi butun sostavi bilan kelgan. — A. Qahhor — Toʻy.
- Birinchi mashgʻulotda havaskor shoirlarning sheʼrlari yangradi. — Gazetadan.
- Bugun havaskorlarimiz televizorda chiqadi. Ularni koʻrmabsan, dunyoga kelmabsan.. — Sh. Saʼdulla — Ikki bilaguzuk.
Этимология
a. + f. jLS,^>d — havas qiluvchi, qiziquvchi; ishqiboz
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0