Толковый словарь
havza
ҳавза
Значения
- geogr. Daryo yoki koʻlga quyiladigan, uni tashkil etadigan irmoqlar majmui hamda shu daryo yoki koʻl atrofidagi mazkur irmoklardan suv oladigan hudud (territoriya).
- Suv yoʻlini toʻsish, toʻgʻon qurish yoʻli bilan hosil qilingan katta sunʼiy koʻl; suv ombori.
- geol. Toshkoʻmir, ruda kabi yerosti boyliklari koʻp boʻlgan keng bir hudud.
- Atrofi baland, oʻrtasi tovoq shakli-dagi past, keng maydon.
- s.t. q. basseyn.
Примеры
- Amudaryo havzasi. Issiqkoʻl havzasi. Chirchiq havzasi. shsh Nay-mandan tortib to Mirzaorolgacha daryo boʻyidagi yerlarni avvallari.. ekkan deh-qonlar daryo boʻyidagi qatorasiga ketgan katta-kichik beshta havzaga oʻrnashgan boʻlib, bu havzalarning har biri bir mahalla, hammasi Kapsanchilar qishlogʻi deb ataladi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Qayroqqum suv havzasi. n
- Bu suv havzalari, kanallar suv omborlari va daryolarni loyqa bosishiga sabab boʻlib, xalq xoʻjaligiga maʼlum zarar yetkazmoqda. — "Fan va turmush".
- Toshkoʻmir havzasi. Ruda havzalari.
- Bu pastqamlik xiy-lagina katta havza boʻlib, uning tevarak-atrofida past-baland uylar, egri-bugri devorlar, bular orasida soʻppayib turgan yakka-dukka daraxtlar koʻrinar edi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Respublikamizda stadionlar, suzish havzalari.. sport maydonchalari soni muttasil koʻpayib bormoqda. — Gazetadan.
- Talabalar madaniyat saroyi, sport kompleksi, suzish havzasi xizmatidan bemalol foidalanadilar. — Gazetadan.
Этимология
a. j— hovuz; basseyn; chelak; doyra
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0