Толковый словарь
hayajon
ҳаяжон
Значения
- Biror favqulodda ish, hodisa va b. sababdan ichki toʻlqinlanish, bezovta holat; bezovtalik.
- Hayajonga kelmoq hayajonlanmoq.
Примеры
- Koʻnglida ifodasiz bir umid, hayajon ila oʻsha dilxush roʻyoning takrorlanishini intiq boʻlib kutadi. — S. Siyoyev — Avaz.
- Qiz dahlizda, eshik orqasida kuchli hayajon va sarosimada turgan Gulnorni quchoqladi, sekt shivirladi: -Qaygʻurmang, opajon. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Sherbekda uygʻongan ruhiy koʻtarinkilik chehrasini yoritib, aʼzoyi badani hayajondan titradi. — S. Anorboyev — Oqsoy.
- Keksa choʻpon, kesilgan ikki qulogʻi va burniga kuydirilgan namat bosib, sizib oqayotgan qonni toʻxtatishga harakat qilar edi. Kutilmagan bu fojiadan hayajonga kelgan odamlar uning atrofini oʻrab oldilar va ustma-ust savol yogʻdira boshladilar. — M. Osim — Ajdodlarimiz qissasi.
Этимология
arab. – gʻalayon, tugʻyon; iztirob, tashvish, bezovtalik; gʻazablanish; kuyikish
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0