Толковый словарь
haydamoq
ҳайдамоқ
Значения
- Biror tomonga qarab yurishga qistamoq; borishga majbur qilmoq; yoʻllamoq.
- Biror tomonga yuritmoq, yoʻ-naltirmoq, yoʻnalishini burmoq (jonsiz narsalar haqida).
- Mavjud joyidan, maʼlum makondan ketkazmoq, ketishga majbur qilmoq.
- Yoʻq qilmoq; ketkazmoq.
- Ish, mansab va shu kabilardan chetlatmoq, mahrum qilmoq; quvmoq, ketkazmoq.
- Transport vositasini minib, yur-gizib, boshqarib bormoq.
- Yerni maxsus asbob (plug, omoch, soʻqa kabi) tishi bilan tilib, yorib, oʻyib yum-shatmoq.
- kim. Isitish yoki qaynatish yoʻli bilan tarkibiy qismlarga ajratmoq; shu yoʻl bilan biror narsa ajratib olmoq.
Примеры
- Oʻn bir kishini bandi qilib, qoʻl-larini chilvir bilan bogʻlatdi-da, oldiga solib haydab ketdi. — K. Yashin — Hamza. Yi-gitali podani oʻtgan hafta oʻtlagan yeriga —
- soy boʻyiga haydadi. — T. Malik — Ajab dunyo.
- Uzoqda chiroq miltillab koʻrindi.. Otni toʻgʻri oʻsha tomonga haydadi. — M. Hazratqu-lov — Jurʼat.
- Koʻtarmalik bilan ishing boʻlmasin! Suvni Soyariqqa haydab, Oqso-qolning qulogʻidan xabar ol. — N. Safarov — Uygʻonish.
- Kattalarxoʻp desa, togʻni teshib, Tojiksoyni haydab kelamiz. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Oʻsha, Muqaddam haydab yuborganidan beri bu uyga qadam bosishga haqi yoʻqligini bilardi. — Oʻ. Hoshimov — Qalbingga quloqsol.
- Yoʻq.. qaysi diyonatli ota.. qoʻy ogʻzidan choʻp olmagan oʻgʻlini "oq" qilib, dargohidan haydar ekan ?! — K. Yashin — Hamza.
- Oʻrtoqlari oldida yalinib borgan ekan, haydashibdi-ku.. — H. Nazir — Yonar daryo. ^
- Dilin-gizdagi vasvasalarni haydang. — K. Yashin — Hamza.
- Ekinzorlarda boʻladigan tonggi bir tarovat.. muzdek shabada.. — barchasi Avaz-ning koʻnglidan mujmagʻil, ogʻir tush aso-ratini haydagandek boʻldi. — S. Siyoyev — Avaz.
- Kek saqlamas, dilxiraligini haydab, oʻzini idora eta olar edi. — S. Siyoyev — Avaz.
- ..oʻsha-larning yordami bilan qamalmay qolibdi-lar-u, faqat ishdan haydalibdilar. — E. Rai-mov — Ajab qishloq. Nikolay taxtdan hay-dajiu6, inqilob boʻlgan kun olti yashar goʻdak ekanman. N. Safarov, Olovli izlar.
- Bilsa, institutdan haydaydi. — "Guldasta".
- Otam arava hay-dar edi. Akam mashina haydaydi. yat U doʻ-konlarga gazlama tashidi, izvosh haydadi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Biron kor-hol boʻlmasin, deb motorga oʻt berib, jadal haydab ketdi. — S. Ahmad — Yulduz.
- Yerni traktor bilan haydamoq. Yer haydasang, kuz hayda, kuz haydamasang, yuz hayda. — Maqol. tt Tushdan keyin uyga kelib, bugʻdoy oʻraman.. arpadan boʻshagan yerni hay-dab, mola bosaman. S. Siyoyev, Yorugʻlik.
- Spirt haydamoq.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0