Толковый словарь
hazrat
ҳазрат
Значения
- . Muqaddas zotlarni, shuningdek, din arboblarini ulugʻlash uchun ularning ismi oldidan qoʻllanadi; kimsaning martaba, vazifasini bildiruvchi soʻz bilan yoki oʻzi alohida ham qoʻllanadi
- . Podshoh, xon, bek kabi oliy darajali mansabdorlarni ulugʻlash uchun "janob oliylari" maʼnosida ishlatiladi.
- . Ilm-fan, sanʼatda shuxrat qozongan buyuk kishilarni ulugʻlash uchun va umuman xurmatni ifodalash uchun taxallus yoki nomlarga qoʻshib ishlatiladi.
Примеры
- Hazrati Odam.
- Hazrat Alining duldulini hech bir ot quvib yetgan emas — kitoblarda shunday yozilgan. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Zehni oʻtkir, tili burro Hafiza bolam ancha qiynaldi. Isiriq solib, hazrat Bahovaddinga oʻn bitta kulcha atab qoʻy, bolam, — dedi kampir. — Mirmuhsin — Umid.
- Hazrati eshonning xizmatlariga bel bogʻlab, shu yerlarda muridlarga bosh boʻlib, bugʻdoy ektirdi. — S. Ahmad — Qadrdon dalalar.
- Muborak boʻlsin, ulugʻ hazratim! Sadriddin aʼlam jilmaydi. — Oybek — Ulugʻ yoʻl.
- Sulton Husayn Boyqaro hazratlari. Bek hazratlari. Podshoh hazratlari.
- Qamchisi koʻkda tovlanib, xanjari zahar sochgan xon hazratning buyrugʻiga kim qarshi bora olsin] — A. Qodiriy — Mehrobdan chayon.
- -Amir hazratlari salomatmilar? — tashvishlanib soʻradi boy. — H. Gʻulom — Mashʼal.
- Navoiy hazratlari. Hazrati Jomiy. Meʼmor hazratlarining hovlilari shu edi-a? — Mirmuhsin — Meʼmor.
- Hazrat mudarris xayrlashgan joyida yana toʻxtab, tomoq qirib oldi. — A. Qodiriy — Mehrobdan chayon.
Этимология
arab. – janob, hurmatli
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0