Толковый словарь
hech
ҳеч
Значения
- Soʻroq olmoshlari, shuningdek, "narsa", "vaqt" va b. baʼzi soʻzlarga qoʻshilib, boʻlishsizlik olmoshlari hosil qiladi. Mac.,
- Inkor bildiradi; yoʻq, aslo.
- Hech boʻlmasa Juda boʻlmasa, loaqal, aqalli.
- Yoʻq desa boʻladigan darajada, sira arzimaydigan darajada, yoʻkdek.
- Hechga chiqmoq Yoʻq boʻlmoq, yoʻqqa chiq-moq.
Примеры
- hech kim, hech narsa, hech qanday, hech nima, hech qachon, hech qaysi — va b.
- Men ortlaridan yugurardim. Hech yetolmasdim. — E. Raimov — Ajab qishloq.
- Kimni olsa, olsin, hech ishim yoʻq. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Hech shubhasiz, bahor yoshlarga olam-olam shodlik keltiradi. — Gazetadan.
- Nima, menga yoqish uchun kestiribdimi? Hech-da! Menga buqogʻing bilan ham yoqa berar eding. — A. Qahhor — Qanotsiz chittak.
- Ma, bir hoʻpla, hech boʻlmasa! — E. Raimov — Ajab qishloq.
- Har bir oila, hech boʻlma-sa, biron jangchini mehmon qilgisi keladi. A. — Qahhor — Oltin yulduz.
- Hech boʻlmasa, siz shu yerda boʻlsangiz ham, Sergeyning yoʻqligini bilintirmay turardingiz. — S. Zunnunova — Olov. Hech gap emas 1) boʻlishi, yuz berishi mumkinligini va buning qiyinchiligi yoʻq-ligini bildiradi.
- Bir ishora bilan bosh uzilib ketishi hech gap emas. Qizim, tilga ehtiyot boʻl! — Mirmuhsin — Meʼmor.
- Boʻgʻiboʻl-dirishim hech gap emas. Lekin hali-beri oʻl-dirmayman. — X. Toʻxtaboyev — Shirin qovunlar mamlakati; 2) qiyoslanayotgan narsaning unisiga yetolmasligini, darajasi undan pastligini bidiradi.
- Oq kishmishdan tay-yorlangan shinni juda xushxoʻr boʻladi, uning oldida asal hech gap emas. — M. Hazratqulov — Jurʼat.
- Lekin.. uning bunday harakati, qizning ulugʻ qalbi va sevgisi oldida hech ekanini chuqur sezdi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Butun orzu-umidlar hechga chiqdi. m
- U yerga tushgan har bir yaproqda oʻzining tar-jimai holini oʻqir, oʻzini-da mavqeidan ayrilib, hechga chiqib turgan shu yaproqlar-dan ayira bilmas edi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
Этимология
\f. g^.4 — hech kim, hech qanday; umuman, mutlaq, butunlay; nol
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0