Толковый словарь
hirs
ҳирс
Значения
- Yetishish, erishishga boʻlgan kuchli intilish, istak, mayl.
- Jinsiy hissiyot, shunday hissiyotli mayl.
- Hirs qoʻymoq. Biror narsaga oʻta berilmoq, ruju qilmoq, ketidan quvmoq.
Примеры
- Mol-dunyo toʻplashga boʻlgan hirs. Meros olish hirsi bilan ota-onangning oʻlimini aslo istamagin. — "Qobusnoma".
- ..koʻzlari suzuk, lagʻcha choʻqqa aylangan qalbi betoʻxtov urar, shu choʻgʻ tufayli alanga olayotgan hirsni bosishga qurbi yetmasdi hatto. — J.Abdullaxonov — Xonadon.
- ..oʻziga qaynoq hirs bilan yopishishini ham doimo istardi. — Mirmuhsin — Umid.
- Pulga hirs qoʻymoq.
- Sarvi xolaning ham suyagi mehnatda qotdi. Ammo u mol-dunyoga sira hirs qoʻymadi. — S.Karomatov — Bir tomchi qon.
- Otasining feʼlini bilgan Tamanno bir-ikki kundan beri ichkilikka hirs qoʻygan erini turtib uygʻotdi: - Turing-e, uyat boʻlib ketdi. — Shuhrat — Jannat qidirganlar.
Этимология
— biror narsaga qaggiq berilish, intilish; tama, ochkoʻzlik.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0