Толковый словарь
hisoblamoq
ҳисобламоқ
Значения
- Sanab, miqdorini aniqlamoq, sanamoq.
- Nomaʼlum bir miqdorni hisob yoʻli bilan aniqlamoq, hisoblab topmoq.
- Hisobga olmoq, hisoblanuvchi narsa-lar qatoriga qoʻshmoq.
- Biror tarzda baholamoq, maʼlum bir xulosa chiqarmoq; -deb bilmoq, oʻylamoq.
- maxe. Nomaʼlum sonni hisoblab chiqarmoq, shu maqsaddsa hisoblash ishi olib bormoq.
Примеры
- Pulni hisoblamoq. Minutlarni hisoblamoq. Barmoq bilan hisoblamoq. Ekilgan koʻchatlarni hisoblab, yana 20 tup ekish kerakligini aytdi.
- Hozir bir sentner paxta necha mehnat kuniga tushadi ? Oʻrmonjon buni hech qachon hisoblab koʻrmagan boʻlsa kerak, javob bera olmay iljaydi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- ..oʻz imkoniyatlarini hisoblab chiqib, yana davlatga qoʻshimcha „kumush tola“ yetkazib berishga ahd qilishdi. — Gazetadan.
- ..hisoblab qarashsa, yigitchaning gardaniga pirasant [protsent] bilan rosa sakkiz yuz soʻm pul tushibdi.. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Tabiatimni lanj qilgan baʼzi nuqsonlarni hisoblamasam, men safarimdan xursandman.. — Mushtum.
- Ovqat, kiyimni emas, suvni ham hisoblaydi u qizitaloq [boy]. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Yogʻga hisoblab, 35 ming 500 soʻmga sut sotib olib topshirganmiz degin.. — Mushtum.
- Hayoti mobaynida ikki tup nihol ekib oʻstirgan inson oʻz umrini mazmunli oʻtdi, deb hisoblashga haqlidir. — Gazetadan. ..shu maktubni olgan kuningizdan boshlab oʻzingizni mendan begona va nikohimdan tashqari hisoblasangiz boʻladir.. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar.
- Operatsiya paytida xirurg eng yaqin odamini ham begona hisoblaydi. — Oʻ. Hoshimov — Nur borki, soya bor.
- Ayolni kamsitgan kimsani odam hisoblamang. — Gazetadan.
- Bu formulalar shamolning tezligini hisoblash imkonini beradi.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0