Толковый словарь
hojat
ҳожат
Значения
- Keraklik, zarurlik, zaruriyat.
- Biror narsaga boʻlgan talab; ehtiyoj.
- Hojati ravo boʻlmoq kam qoʻll. ayn. hojati chiqmoq yoki hojatini chiqarmoq.
- Hojati chiqmoq yoki hojatini chiqarmoq; Ehtiyoji, talabi bitmoq, amalga oshmoq (ehtiyojini bitirmoq, qondirmoq).
- Tabiiy ehtiyojdan boʻshalish, yozilish.
Примеры
- Bu gapning nima hojati bor.
- Ish tomom, vassalom. Bunday koʻz yoshi tomizib oʻtirishning hech hojati yoʻq. — S. Ayniy — Qullar.
- Koʻrmana hojat boʻlsa, unga ham tayyormiz! — A. Qodiriy — Obid ketmon.
- Hasan soʻfi bilan Alim buva oʻz dardlariga tushunguvchi dardmand, hojatlarini anglovchi hojatmand izlardilar. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Uning oldiga kimki biror hojat bilan kelsa, noumid qaytmagan. — H. Nosirova — Men oʻzbek qiziman.
- Shudir nasihatim: kechikmay yetkar, Rustamday qoʻzimning hojatin bitkar. — "Murodxon".
- Otamning oʻlimida ham u hojatimizni ravo qilib.. bizni yuz tanga — 15 soʻm qarzdor qildi. — S. Ayniy — Esdaliklar.
- Jamoa idorasi ayvonida yurgan bir-ikki kishi, hojatlari tezda chiqmagani uchun boʻlsa kerak, asabiylanar va boloxonadan koʻchaga zoʻr berib nos tupurardilar. — H. Shams — Dushman.
- Umirzoq ota bir necha pud bugʻdoyni oqlab, besh-olti kishining hojatini chiqardi. — D. Nuriy — Osmon ustuni.
- ..qurilish materiallari kombinati sement va betonlar yetkazib, binokorlar hojatini chiqarmoqda. — Gazetadan.
- Xosiyat bibi, toʻy quvonchi quvvat boʻldimi, oʻz hojatiga oʻzi yurib chiqa boshladi. — S. Anorboyev — Mehr. Hali bu holva.
- Zang urganda, oʻrningdan turib, zang urganda, hojatga borasan. — S. Ahmad — Hukm.
Этимология
arab. – ehtiyoj, talab, zarurat; istak-xohish; zarur, kerakli buyum
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0