Толковый словарь
hokim
ҳоким
Значения
- [a. — hukmdor; boshqa-
- ruvchi; boshliq; sudya, hakam] 1 Oʻrta Osiyo xonliklarida belgili bir shahar va uning atrofidagi qishloqlar ustidan xonu bek amrini oʻtkazish uchun belgilab qoʻyil-gan amaldor.
- Sobiq Turkiston oʻlkasidagi ayrim shahar yoki muzofotlarda chor huku-matining siyosatini oʻtkazish uchun belgilab qoʻyilgan yuqori mansabli amaldor.
- Hokimi mutlaq Maʼlum bir hududda cheksiz hokimlikka ega boʻlgan mansabdor (podshoh, amir va sh.k).
- Umuman, hukmini, buyrugʻini oʻtka-zuvchi (shaxs, sinf va sh.k.)
- Oʻzbekiston Respublikasida: viloyat, shahar va tumanlarning birinchi rahbarlik lavozimidagi shaxs; hokimlikning birinchi rahbari.
- Oʻz ixtiyoriga olgan, egallagan narsa haqida; "hukmron".
- Hokim boʻlak tlsh. Sintaktik aloqada tobe boʻlgan qismni boshqaruvchi, unga nis-batan hokim vaziyatdagi boʻlak. Mac., Bizni suhbatga taklif etdi gapida taklif et-di — hokim boʻlak.
- Hokim (erkaklar ismi).
Примеры
- Holvani hokim yer, kaltakni — yetim. — Maqol. n
- Bu hukmimizni ijro etguv-chi, Tashkent hokimi Normuhammad qushbegi-ga marhamati shohonamiz shuldir. — A. Qodiriy — Utgan kunlar. Bizning mayda-chuyda ho-kimlarimiz bir-biri bilan inoq boʻlmagani, birlasha olmagani sababli katta kuchga ega boʻlgan istilochining hamlasiga dosh berol-madik. Mirmuhsin, Meʼmor.
- Mahkama binosiga ketgan oʻt obdan avji-ga chiqqan bir paytda shahar hokimi Medinskiy va podpolkovnik Kitayevlar ikki vzvod jazo otryadi bilan maydonga kirib keldi. — K. Yashin — Hamza.
- Aʼyonlar supada, odamlar yerda oʻtirib, gʻsta-gʻovur tinchigan-dan keyin, hokim odatdagicha tilmoch orqa-lixalqni ogohlantirdi. — I. Ismoiliy — Far-gʻona t. o.
- Hokim sinf. n Ulardan /
- amaldorlardan] hech bir kishiga yomonlik kelmaydi, ular yolgʻiz tartibni.. talab qilishadi. Chunki ular — hokim, biz — fuqaro. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Bu muhim masalaning muhoka-masi uchun kengashga viloyat, shahar va tuman hokimlari taklif etildi. — Gazetadan.
- Munkillagan kam-pirlar jim sham yoqadi mozorlarda, Sara-tonning isi hokim mudrab yotgan bozorlar-da. — X. Davron — Tungi bogʻlar.
- Tuni boʻyi koʻk yuzining hokimi boʻlgan oy yotogʻiga otla-nayotgan.. shu palladagi salqin, musaffo sha-bada.. rohat baxsh etardi. — R. Fayziy — Kishilarimiz qissasi.
- Oʻz-oʻzimni tutdim savolga, Hokim edi qalbda bir tuygʻu. — N. Narzullayev.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0