Толковый словарь
hosil
ҳосил
Значения
- Ekin, daraxt kabilardan yetishtiriladigan, olinadigan don, sabzavot va sh.k.
- Ishonch hosil qilmoq q. ishonch. Murod hosil boʻlmoq; Maqsad amalga oshmoq, orzu ushalmoq.
- Qanoat hosil qilmoq q. qanoat. Hosil boʻlmoq; Yuzaga kelmoq, paydo boʻlmoq.
- Hosil (erkaklar ismi).
Примеры
- Xalqim yetishtirgan hosil choʻgʻiga Baland togʻlar hyron qarab turibdi. — A. Oripov — Yillar armoni.
- ..tarvuzning eng qimmatli navlari ekilib, moʻl hosil olindi. — Gazetadan. —
- Samarqand atrofidagi bogʻlarda mevali daraxtlarning shoxlari, yetilgan hosildan egilib, yerga salom beradi. — "Saodat". —
- Bu yil hosil miqdoridan tashqari tola sifatiga alohida eʼtibor beriladi. — Gazetadan. —
- Bu bilan murod hosil boʻlmaydi: kattaroq miqyosdagi ishni oʻylash kerak. — K. Yashin — Hamza.
- Sen yoʻliqib hosil boʻldi murodim.. — "Nurali". —
- Toʻgʻon bitib, jar oʻrniga katta koʻl hosil boʻldi. — S. Yunusov — Kutilmagan xazina.
- Reaktorda hosil boʻladigan issiqlikni chiqarib tashlash uchun ikki konturli sistema qoʻllanadi. — "Fan va turmush". —
- Yosh yigitning koʻnglida tomchilardan hosil boʻlgan sevgi tobora chuqurlasha berdi. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Hosilga kirmoq; Hosil bera boshlamoq (asosan meva, mevali daraxt haqida).
- Hovlilarda hosilga kirgan nok, olmalar koʻzga tashlanadi. — "Oʻzbekiston koʻriklari". —
Этимология
arab. – natija, oqibat; yakun, samara; mazmun, mohiyat
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0