Толковый словарь
hovuz
ҳовуз
Значения
- Suv saqlash uchun xizmat qiladigan, maxsus qazilgan chuqurlik.
- maxs. Uy shipiga ishlanadigan chuqur naqsh-bezak.
- Hovuzdan hoʻplam Juda oz, arzimagan darajada.
Примеры
- Chuqur hovuz. Sayoz hovuz. Hovuz kovlamoq. Hovuz suvi.
- Majnuntolning qurib tushgan shoxlari hovuz boʻyida ivirsib yotar edi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha
- Agarda sardoba ichini yana ham chuqurlashtirib hovuz qilinsa, bu yerda doimo suv boʻladi. — Mirmuhsin — Meʼmor
- Bogʻning har burchagida oʻzga bir latofat; ariqlarda suv kumushlanadi, maysalardan uqa tutgan hovuz, suv bilan emas, nur bilan toʻlgan kabi jimir-jimir mavjlanadi. — Oybek — Tanlangan asarlar
- Muxtorning sandigʻidagi oltinlar oldida Bekning chervonlari hovuzdan hoʻplam, xolos. — H. Gʻulom — Mashʼal.
Этимология
Arabchadan — suv toʻplangan joy, chuqurlik; basseyn; suv idishi.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0