Толковый словарь
husn
ҳусн
Значения
- Yoqimli, oʻziga tortuvchi tus, koʻrinish; chiroy, koʻrk (inson yuz tuzilishi, ifodasi, rangi va shu kabilarga nisbatan).
- Yoqimli koʻrinish; chiroy.
- Chiroy boʻluvchi narsa, chiroy timsoli; chiroy.
- Husni axloq esk. kt. Yaxshi xulq, goʻzal-lik va bu haqsagi taʼlimot.
Примеры
- Husn toʻyda kerak, aql kunda kerak. m
- Gulshanbonu Xudoyor xonligining ikkinchi davrida oʻz husni bilan bir necha martaba xonning iltifotiga sazovor boʻlgan haram kanizlaridan edi. — A. Qodiriy — Mehrobdan chayon.
- Sodiqjon odobli, aqlli, qomatu husnda ham koʻzi tushgan qizlarni qoqiltiradigan yigit edi. — R. Fayziy — Choʻl-ga bahor keldi.
- Tashvish qiz bolaning husni-ni olarkan, shoʻxligini ham, ovozidagi lato-fatini ham quvarkan. — S. Ahmad — Ufq.
- Biz, etagimizdagi yamoq koʻrpaday, qishlogʻimiz husnini buzib turgan choʻl parchasiga soʻnggi marta hujum qilamiz. — "Oʻzbekiston qoʻriq-lari".
- Kechagi changbosdi yomgʻir tabiatga husn berib ketganidek, odamlarning ham bahridilini ochib yuboradi. — N. Fozilov — Diydor.
- Fargʻona — Oʻzbekistonning husni, xoli. — Shuhrat — Shinelli yillar.
- Yaxshi yigitlar — armiyaning husni! — Shuxrat — Shinelli yillar.
- Kanalning ikki yoqasi boʻylab qurilgan ikki qavatli binolar shu qadar koʻrkamki.. metallurglar shaharchasiga husn boʻlib tushgan edi. — N. Safarov — Tanlangan asarlar.
- Imom, maktab domlasi va bir mudarris ham, bu munosabat bilan, bolalarga husni axloqni taʼlim [berish] xususida bir oz dahanaki jang qi-lishdi. — Oybek — Tanlangan asarlar. Husni mutlaq esk. kt. Yaratuvchi, xudo.
- Uch kunlik hayotning neʼmatlaridan qoʻl qoqib, husni mutlaqning muhabbati bilan yashamoq qadar ulugʻ.. baxt bormi?.. Tabiatning oʻzi husni mutlaqning bepoyon jshxvalar koʻrsatgan ulugʻ koʻzgusidir. — Oybek — Navoiy. Husni qabul es/s. Izzat-ikrom bilan, yaxshi kutib olish.
- Biz borib, onhazratga janobingizning duon-gizni eshittiramiz; husni qabulingizni, ijobatingizni uqtiramiz. — A. Qodiriy — Mehrobdan chayon.
Этимология
a. حُسْن — koʻrk, chiroy; goʻzallik, latofat; yaxshi sifat, xislat
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0