Толковый словарь
ilgari
илгари
Значения
- Oʻtgan vaqtlar(da), hozirgi vaqtdan oldin; burun.
- Birinchi navbatda; oldin, avval.
- Oldingi oʻrinda; oldin(da).
- Olgʻa tomon; ilgariga, old tomonga.
- koʻm. vazifasida. Narsa, hodisaning oʻzi bogʻ-lanib kelgan soʻz, soʻz birikmasi bildir-gan vaqt, xatti-harakat va shu kabilardan oldinga oidligini (shunday munosabatni) bildi-radi.
- Ilgari bosmoq Yaxshi tomonga oʻzgarmoq, yurishib ketmoq.
Примеры
- Shaharda ilgari koʻnkani ot surgar edi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Ilgari juda qulay boʻlib koʻringan narsa, endi atroflicha oʻylaganda, hazilakam emasligi ravshanlashdi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Urganch shahriga ilgari faqat tuya karvonlari bilan borilar edi. — Gazetadan.
- Qoʻrqoq ilgari musht koʻtaradi. — Maqol. ■■
- Ashirbek ilgari, Vafobek keyin, Oqlabdi qirq yigit bergan tuzimni. — "Yusuf va Ahmad".
- Ketayotir Oypari hamma qizdan ilgari. — "Folklor".
- Hudaychi Azizbekdan ilgariroqda qoʻriqchilar-ni ogohlantirib borar.. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Oʻlgan, yarador boʻlganlarga qaramay, qoʻzgʻo-lonchilar katta suron bilan ilgari otilib, toshboʻronni kuchaytirdi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Qudrat bilan Gʻulomjon ham bir necha odim ilgari yurdi. — M. Ismoiliy — Far-gʻona t. o.
- Qoʻrgʻon ustida yasov tortgan qahra-monlar qoʻl bogʻlab, ikki bukilgansimon taʼ-zim bilan Azizbekni ilgariga oʻtkaza bosh-ladilar. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Toʻydan ilgari nogʻora chalmoq. Hamma-dan ilgari eshitdim. m
- Amirga inqiyod etishdan ilgari shu toʻgʻrida javob bersan-giz. — A. Qodiriy — Mehrobdan chayon.
- Bundan bir necha soat ilgari qaygʻudan boshqa ov-qatni tanimagan bu ikki yor endi sevinib, ishtaha bilan yeya boiaadilar. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Ishi oʻrin oldi ilgari bo-sib, Yoʻlim boʻldi, dedi koʻngli oʻsib. — "Bahrom va Gulandom". Ilgari kuni Bugundan ikki kun oldingi kun.
- Ilgari kuni kechasi chopar kelgandan boshlab kecha kechasi hokimning koʻnglini olguncha oʻzini qilkoʻprik ustida sezgan.. mingboshi, mana, endigina erkin na-fasoldi. M. Ismoiliy, Fargʻonat. o. Ilgari surmoq Yangi fikr-mulohaza bildirmoq, uni kun tartibiga qoʻymoq.
- Abulvafo.. Xuro-sonda tavallud etganlar.. hisobu handasa so-halarida yangi ilmiy masalalarni ilgari sur-dilar va talay risolalar yaratdilar. — Mirmuhsin — Meʼmor.
- Biz ilgari surayotgan tax-minlar fandagi ilmiy farazlardek gap. — S. Karomatov — Oltin qum.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0