Толковый словарь
inobat
инобат
Значения
- . Ishonch; ishonish; hisoblash, tushunish.
- . Nazareʼtibor.
- Inobat qilmoq Tan olmoq, hisoblamoq.
- Inobatga olmoq Eʼtiborga, nazarga olmoq, nazarda tutmoq; hisobga olmoq; hisobda qayd etmoq.
- Inobatga oʻtmoq Hisobga oʻtmoq; maʼqullanmoq.
- . Inobat (xotin-qizlar ismi).
Примеры
- Uning oʻziga ham, soʻziga ham endi inobat qolmagandi. — A. Hakimov — Ilon izidan.
- Majlisga yigʻilganlardan Yusufbek hoji va domla Solihbek oxundlar, qushbegining pir deb inobat qilgan odamlari boʻlganligi uchun.. bu taklifni boʻyniga oldi [Normuhammad qushbegi]. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Oʻylab ish qiling. hukumatimiz ham oʻsha norasidalarning koʻz yoshini inobatga oladi. — S. Anorboyev — Oqsoy.
- Siz tuzgan planda Botirovning kartasi inobatga olinmagan, — dedi Nikolayev Karimovga. — B. Rahmonov — Oltin odamlar.
- Endi oʻsha odamlar uning gapini, xohlasa — inobatga oladi, xohlamasa — yoʻq. — O. Yoqubov — Larza.
- Usmonxoʻjaning oʻgʻli binoyidek mirza boʻlib qolibdi, yozgan arizasi har yerda inobatga oʻtayotgan emish, degan gaplar yurib qoldi. — N. Safarov — Olovli izlar.
Этимология
arab. – vakil qilish, vakolat berish; tavba qilish, gunohdan qoʻl tortish; koʻz ochilishi
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0