Толковый словарь
ishlamoq
ишламоқ
Значения
- Ish bilan mashgʻul boʻlmoq; mehnat qilmoq.
- Biror lavozimda faoliyat koʻrsatmoq, xizmat qilmoq.
- Ishlov bermoq.
- Ijod etmoq; yaratmoq.
- Harakatda boʻlmoq, yurmoq, yurib tur-moq; amal qilmoq.
- Xizmat qilmoq, faoliyat koʻrsatmoq.
- fiziol. Oʻz vazifasini normal bajar-moq.
- s. t. Mehnat qilib topmoq.
- Ishlab chiqarish Muayyan ijtimoiy mu-nosabatlar sharoitida kishi mehnati tu-fayli jamiyatning yashashi va taraqqiy eti-shi uchun zarur boʻlgan modsiy boyliklar yaratish.
Примеры
- Dalada ishlayapti. Bogʻda ishlayapti. n
- Shunaqa, eshon, dehqon qishin-yozin ishlaydi-yu, kuzga borib iligi quriydi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Miyangizni toliqtiradigan darajada qat-tiq ishlamang. — S. Siyoyev — Yorugʻlik.
- Meʼmor uchun bu yerda ishlayotganlar ichida Zulfiqoru Zavrak, Gʻavvos Muhammaddan yaqinroq odam yoʻq edi. — Mirmuhsin — Meʼmor.
- Direktor boʻlib ishlamoq. Universitetda ishlamoq. n
- Hozir Pitnak-dagi bogʻchada tarbiyachi boʻlib ishlayotir. — S. Siyoyev — Yorugʻlik.
- Hayotda xotin-qizlarning eng birinchi fazilati, mayli, u qanday lavozimda ishlamasin, uy tutishni bilishi, onalik burchini oʻtay olishidadir. — Gazetadan.
- Terini ishlamoq.
- Rayem ishlamoq. Film yaxshi ishlanibdi. Haykal ishlamoq. n
- Bosh sovrin tavsiya etildi — turnir gʻolibi toshkentlik ustalar ishlagan katta chinni vazani oladi. — Gazetadan.
- Tegirmon ishlayapti. Stanok ishlayapti. sht U, dala shiyponiga yetib kelganda, telefon ishlayotgani toʻgʻrisida xabar qildi. — Sh. Rashidov — Boʻrondan kuchli.
- Muzeylar har kuni ishlaydi. Dushanba kun-lari kassa ishlamaydi. n
- Institutda ma-roqli uchrashuvlar klubi ishlab turipti. — Gazetadan.
- Hozir shaharda koʻplab kulolchilik va naqqoshlik ustaxonalari ishlab turipti. — Gazetadan.
- Chap qoʻlim ishlamaydi. m -Bektemir-dan koʻnglim toʻq, — dedi Ali tajang, —
- kal-lasi ishlaydi. — Oybek — Quyosh qoraymas.
- Pul ishlatmoq. Bugun yuz soʻm ishladim. sht Oʻtgan yil bir yuz oʻn sakkiz mehnat kuni ishladim. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Ratsionalizatorlar tomonidan yara-tilgan yangiliklar ishlab chiqarishda keng qoʻllanmoqda. — Gazetadan. Ishlab chiqarmoq Mahsulot tayyorlamoq.
- Stendlarga talaba-lar oʻylab topgan, yasagan, ijod qilgan va ishlab chitsargan turli buyumlar tartibi bilan qoʻyilgan. — Gazetadan.
- Xiva shahar badi-iy sovgʻa buyumlar fabrikasi ishlab chiqara-yotgan mahsulotlarni xalq amashy sanʼati-ning nodir namuna/yuri, desa boʻladi. — Gazetadan. Ishlab chiqmoq Tayyorlamoq, yaratmoq.
- Paxta terish mashinasining yangi modelini ishlab chiqdik. n
- Keyingi yarim yil davo-mida qoʻyilgan vazifalarni hayotga tatbiq etish bilan bogʻliq chora-tadbirlar ishlab chiqshdi. — Gazetadan. Oʻz ustida ishlamoq Oʻz saviyasi, malakasini oshirish yoʻlida meh-nat qilmoq, ishlamoq.
- Kallali bola ekan, mana, oʻz ustida ishlab, koʻtarilib ketdi. — Qayta ishlash Qayta — bir necha marta ish-lovdan oʻtkazish.
- Bir gramm sof radiy olish uchun bir necha tonna uran rudasini qayta ishlashga toʻgʻri keladi. — "Fan va turmush".
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0