Толковый словарь
iskanja
исканжа
Значения
- Narsalarni siqadigan, jipslaydigan asbob.
- Siqiqlik, siquv; azob-uqubat.
- Iskanjaga olmoq 1) iskanja orasiga olib siqmoq; 2) siquvga olmoq, siqib qoʻymoq.
Примеры
- Bikajonbika kundoshlar iskanjasida qoldi. — J. Sharipov — Xorazm.
- Berlin iskanjada, 1-Ukraina, 1-va 2-Belorussiya frontlarining qoʻshinlari uni hamma tomondan qurshab, temir halqa ichiga siqib olgan. — Gazetadan.
- Olgʻa borsangiz ham, orqaga qaytsangiz ham, ochlik, suvsizlik iskanjasidasiz. — M. Oʻrinxoʻjayev — Unutilmas kunlar.
- Endi nolish ham gunoh boʻladi, oʻrtoq Umurzoqova, siz Qodirovni iskanjaga olib yozibsiz.. — Sh. Rashidov — Boʻrondan kuchli.
- Dushmanni har ikki tomondan iskanjaga olamiz.. — J. Sharipov — Xorazm.
Этимология
[ fors. – qiynoq, azob; siqish asbobi; taxtakach, press]
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0