Толковый словарь
jahl
жаҳл
Значения
- Nojoʻya xatti-harakatdan, gapdan yoki voqea-hodisadan ranjish, achchiqlanish, gʻazablanish tuygʻusi; gʻazab.
- ayn jaholat 1.
- Jahl ustida Achchigʻi, gʻazabi kelib turgan paytda.
Примеры
- Jahl — dushman, aql — doʻst. — Maqol. n
- Muharrir jahl bilan kalendarini shart-shart varaqladi-da, bit-ta betini yulib oldi. — Oʻ. Usmonov — Sirli sohil.
- Ahmadning jahli tez, can narsaga tutaqib ketadi. — F. Musajonov — Himmat.
- Maktab anjuman borgʻil, unda fikr ochib gohi, Ilmu fan tigʻi bilan jahl bagʻrini qon qil. — Hamza.
- Jahl ustida ogʻzimdan biror yomon soʻz chiqib ketadi. U vaqtda koʻnglingiz ogʻriydi, qoʻying, ertalarga soʻzlasharmiz. — Hamza — Tuhmatchilar jazosi.
- U [Yodgor] Charosning onasi jahl ustida shu ishni qilgan boʻlsa kerak, deb oʻylagandi. — Oʻ. Hoshimov — Qalbingga quloq sol. Jahli burni uchida Jahli tez, achchigʻi tez.
- Baʼzi aktiv akamlar Jahli burun uchida. — "Qoʻshiqlar".
- Jahli burnining uchiga kelib, bosh agronom M.M.Xristenkoni chaqirtirdi. — "Mushtum". Jahli chiqmoq Gʻazablanmoq, achchiqlanmoq.
- Hozir jahli chiqib oʻtirgan bu ayol koʻziga juda qadrdon koʻrinib ketdi. — Oʻ. Hoshimov — Qalbingga quloqsol.
- Mingboshining jahli chiqdi. — Choʻlpon — Kecha va kunduz.
- Adolat necha kungacha bu xil hazillarga koʻnikolmadi, gʻashi keldi va hatto jahli chiqib, baʼzi soldatlarga oʻshqirib berdi ham. — I. Rahim — Chin muhabbat. Jahlidan tushmoq Gʻazabi pasaymoq, achchigʻi yumshamoq.
- Juvon uning (Sidiqjonning) oʻtirishini koʻrib, bir oz jahlidan tushdi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
Этимология
a. — nodonlik; aqlsizlik; jaholat
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0