Толковый словарь
jiyak
жияк
Значения
- Doʻppi, toʻn va shu kabilarning chetiga tutiladigan maxsus ensiz tasma.
- Biror narsaning gir atrofi, cheti.
Примеры
- Qoʻlda toʻqilgan jiyak. m
- Uning uzundan-uzun oppoq soqoli, yoqasi ochiq oppoq yaktagi, doʻppisining oppoq jiyaklari, oftobda qoraygan keng koʻkragi — hammasi changga botgan edi. — Sh. Rashidov — Boʻrondan kuchli. U [Bolta aravakash] doʻppisining jiyagini qaytarib, shohi belbogʻ bilan bogʻlab olgan. K. Yashin, Hamza.
- Murod uning jiyaklari qizargan koʻzlariga termildi. — S. Ahmad — Qadrdon dalalar.
- Jiyaklarida boychechaklar oʻsib yotgan nam soʻqmoqdan oq otli yoʻlovchi jadal ketyapti. — Sh. Xolmirzayev — Oq otli.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0