Толковый словарь
jonlanmoq
жонланмоқ
Значения
- Hayot belgilarini koʻrsatmoq; tetiklanmoq, bardam boʻlib qolmoq; tirilmoq. Bahor — tabiat jon-lanadigan fasl. m
- Yengil tortib, harakatga, joʻshga kel-moq; ruhi koʻtarilmoq, ruxdanmoq.
- Gavjum, serfayz boʻlmoq.
- Ravnaq, rivoj topmoq, yuksalmoq, olgʻa bosmoq.
- Qizgʻin tus olmoq, qizimoq.
- Namoyon boʻlmoq, gavdalanmoq.
Примеры
- Kunlar ancha uzayib qol-di, havoning harorati kun sayin koʻtarilib, borliq mavjudot jonlana boshladi. — Gazetadan.
- Ertalab qishloq aholisi, bahor quyoshi-ning dastlabki iliq nuridan jonlangan jonivorlar singari, oʻrmalab, koʻchaga chiqa boshladi. — A. Qahhor — Oltin yulduz.
- Kumush.. seskanib oʻziga keldi. Hushdan ajralayozgan bechoralar [qutidor, Oftob oyim] bu holdan soʻng bir oz jonlangandek boʻldilar. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- U sevgilisi qoʻlidan oʻzi-ga obi hayot oʻtgandek jonlandi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Kunduz soat birlardan keyin toʻyxona jonlanib qoldi. — M. Muhammadjonov — Turmush urinishla-ri.
- Kimsasiz, oʻlik koʻringan dasht odam-lar bilan jonlanib ketdi. — Mirmuhsin — Meʼmor.
- Ishlar jonlanib ketdi. yaya Joʻraxon rahbarligida havaskorlik toʻgarak-lari, sport ishlari jonlandi. — Nazarmat — Joʻrlar baland sayraydi.
- Suhbat jonlandi.
- Kasal cholning sargʻayib ketgan yuzi, mushtdekkina gavdasi Sherzodning koʻz oʻngida tagʻin jonlandi. Oʻ. — Hoshimov — Nur borki, soya bor.
- Koʻzi oldida Dasha xola jonlandi. — S. Karomatov — Oltin qum.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0