Толковый словарь
kalava
калава
Значения
- [f. — oʻram, duma-
- loqlangan ip; toʻr] Charxga bir necha marta bir tekis qilib oʻralgan va charxdan chiqa-rib olib taxlangan bir oʻram ip, ipak.
- Kalava chigallashmoq Hal etilishi lo-zim boʻlgan masala, muammo chigal tus ol-moq.
Примеры
- Uch kalava ipak. n
- Ustaxonaga eshik oldidagi arqonga ilingan qizil, sariq, surrang, bi-nafsharang ip kalavalari tagidan bosh egib kiriladi. — A. Muxtor — Opa-singillar.
- Rang-barang ipaklarni kalavasidan chiqarib, charx-da bir-ikki tovlab oladi-da, koptok qilib oʻrab qoʻyadi. — Oydin — Hikoyalar.
- ..Sabab va natijalar bir-biri bilan shunday aralashib, shunday chalkashib ketgan ediki, u oqni oqqa, qorani qoraga ajrat-moqchi boʻlgani sari, kalava badtar chigalla-shardi. — P. Qodirov — Uch ildiz. Kalavaning uchi Hal etilishi, belgilanishi lozim boʻlgan masala, muammo va shu kabilardan belgi beruvchi, uni aniqlash, belgilashga yoʻl ochuvchi narsa.
- Buyruqlar papkasiga qarab baho berib boʻladimi odamga? Nima qilish kerak? Kalavaning uchi bormi?A. — Muxtor — Tugʻilish.
- Turgʻun bu chigal kalavaning bir uchi Qodir-jonga borib bogʻlanishini sezardi. — O. Yoqubov — Togʻ qizi. Kalavasini (kalavasining uchini) yoʻqotmoq Nima qilish, nimadan boshlash kerakligini bilmay qolmoq, ishi chigal-lashgan holda qolmoq.
- Ahmad kalavasini yoʻqo-tib qoʻygan telbadek anchagacha shaharda kezib yurdi. — F. Musajonov — Himmat.
- Bilasizmi, rais amaki, siz kasal boʻlgach, kalavamning uchini yoʻqotib, shunchalik parishon boʻldimki.. — Sh. Rashidov — Boʻrondan kuchli.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0