Толковый словарь
kayf
кайф
Значения
- Ruhiy holat; kayfiyat.
- Kayfi uchmoq Nihoyatda qoʻrqmoq, choʻchib, oʻzini yoʻqotish darajasiga yetmoq.
- Kishining yaxshi, yoqimli, huzur-halovatli holati.
- Biror narsa taʼsiridan yuz beradigan yoqimli, koʻtarinki (rohatbaxsh) his-tuygʻu, hissiyot.
- Ichkilik va boshqa mayet qiluvchi (kayf beruvchi) narsaning taʼsiri, taʼsir etish xususiyati.
- Ana shu narsalar, uning kayfi taʼsi-rida (ichish, chekish va sh. k. natijasida) yuzaga keladigan ruhiy holat; mastlik.
- Umuman, kayf beruvchi narsa (nos, sigareta va b.).
- Kayfini surmoq 1) rohat-nashʼasini tuygan holatda boʻlmoq.
Примеры
- Kayfi yaxshi. Kayfi chogʻ. Kayfini buzmoq. m
- Kambagʻal uchun oʻz haqini talab qilish ham qiyin. Chunki xoʻjayinning xursand va xursand boʻlmagan chogʻlari boʻladi. Oldin uning kayfini bilish kerak. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Darhaqi-qat, mingboshi bugun tetik, kayfi joyida koʻrinardi. — M. Ismoiliy — Fargʻonat. o.
- Ruz-von xola oʻzining qaygʻuli gaplari bilan oʻgʻli-ning kayfini buzib qoʻyganini payqab achin-di. — A. Muxtor — Opa-singillar.
- -Bundoq deng-da. Kayfim uchib ketdi-ya! — dedi qori va yoqasini katta ochib, koʻkragiga uch marta tufladi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Agaroʻz kayfingizdan kech-sangiz, yaxshi bilingizki, bir emas, ikki jonni azobdan qutqargan boʻlasiz, onajon! — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Bir bechoraning sizning kayfingiz uchun azob emas, chekkan xoʻrligini oʻylab, har kuni bir qat etdan tushaman. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Kechalar kayfi, Oqshomlar fayzi.. — M. Shayxzoda.
- Yangi yerni obod qilishda oʻzgacha kayf bor. — Oybek — O. v. shabadalar.
- Sheʼr kayfi kun boʻyi qshdi betoqat.. — S. Zunnunova.
- Uning mayin, qoʻngʻiroqdek yangroq, shirali ovozi Hamzaga alohida kayf bagʻishladi. — K. Yashin — Hamza.
- Aroqning kayfi. Nashaning kayfi. m
- Afyunning kayfi qursin, domla, siz-ni odamgarchilikdan chiqarib qoʻyibdi. — H. Gʻulom — Mashʼal.
- Tantiboyvachcha kechagi bazm va ichkilik kayfini butun kun choʻzilgan uyqu bilan tiniqtirib, qoʻrgʻon eshigidan bogʻ tashqarisiga chiqdi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Chinni kosa besh-olti bor qoʻldan qoʻlga oʻtgandan keyin, har ikkovining ham boshi xiyli ogʻirlashib, kayf gʻalaba qila boshla-di. \. — Gʻulom — Mashʼal.
- Besh-olti qadam narida kayf bilan aljirayot-gan yigitlarning biri kelib, unga tegajak-lik qildi. — S. Zunnunova — Koʻk chiroqlar.
- Qani, kayfdan oling — (oddiy soʻzlashuvdan).
- Chilla havosini si-mirib, Qish sayrining kayfini surdim. — S. Akbariy — Mexrigiyo.
- Halol ishlab, turmush-ni gullatish, kayfini surish kerak. — Oybek — O. v. shabadalar; 2) mastlik (kayf) taʼsi-rida boʻlmoq, uning taʼsiridan "huzur, rohat"da boʻlmoq.
- Aroqning kayfini surmoq. n
- Mirali buva koʻknorini ichib, kayfini suraveradi. — E. Raimov — Ajab qishloq.
- Ana, bangi toʻra yumshoq kursida afyunning kayfini surib, koʻzlari suzilib oʻtiribdi. — S. Siyoyev — Avaz. Kayfi qochmoq 1) kayfi (mast-ligi) tarqamoq; 2) kayfiyati buzilmoq.
- Toʻraning nihoyatda kayfi qochdi, jahl oti-ga minib, oqsoqol bilan imomni yeb qoʻygudek yovvoyi qarash qildi. — J. Sharipov — Xorazm. Kayf qilmoq 1) ichkilik, nasha va sh. k. kayfi taʼsirida boʻlmoq.
- Aroq ichib kayf qilmoq. n
- Salom keyingi vaqtlarda ish-dan koʻpincha kech va kayf qilib, baʼzan, hatto oʻlgudek mayet boʻlib keladigan boʻlib qoldi. H. Ahmar, Kim haq?
- Mirali buvani qoʻrqitamiz. Hozir koʻknorini ichib, kayf qilib oʻtiribdi. — E. Raimov — Ajab qishloq; 2) biror narsaning yoqimli taʼsirida boʻlmoq; rohatlanmoq.
- Domla qayerda ham mu-zika va ashuladan kayf qilib oʻtirib: "Xudo yo tavba, muzikaning xumorisi tutar ekan.." — degan ekan. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
Этимология
a. — rohat, huzurlanish
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0