Толковый словарь
kindik
киндик
Значения
- anat. Qorindagi bolani yoʻldosh (platsenta) orqali ona tanasi bilan birlashtiruvchi, bolani oziq modda-lari bilan taʼminlash uchun xizmat qiluv-chi ichak-nay. Uchqunning kindigini kesganda, Tozagul koʻzlarini yumib, qalt-qalt tit-rab turdi. H. Gʻulom, Mashʼal.
- Bola tugʻilgach, shu ichak-nayni kesib tashlash natijasida qorin oʻrtasida hosil boʻlgan kichiq chuqurcha; qorinning oʻrta qis-mi. U [Soli sovuq ] shoshib-pishib Azimboy-vachchani koʻkragidan itargan edi, Azim uning kindigiga oʻxshatib tepdi. M. Ismoiliy, Fargʻona t. o.
- Kindik qoni toʻkilgan yer (yoki joy, tup-roq) Tugʻilgan yer, tugʻilgan, oʻsgan joy; vatan.
- Markaz, oʻrta. -Dashtning kindi-gi mana shu yer, — dedi Oʻktam. Oybek, O. v. shabadalar. Mana, uch yshgdirki, Markaziy Fargʻona kindigida goʻzaiik yaratyapmiz. Gazetadan.
Примеры
- Safargaldiga bu qumlar chaqayuq vaqtidan oshna. Qoraqumda uning kindik qoni toʻkilgan. — J. Sharipov — Xorazm.
- Kishi qarigandan keyin kindik qoni toʻkilgan joyini qoʻmsab qolar-kan. — B. Rahmonov — Oltin odamlar.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0