Толковый словарь
kirish
кириш
Значения
- Kirmoq fl. har.
- Biror asarning asosiy qismidan oldingi, boshlangʻich qismi; debocha; muqaddima.
- Biror fanning asosiy tushunchalari-ni bayon etuvchi, shu fandan dastlabki maʼlumotlar beruvchi qism.
Примеры
- Uyga kirishga oshiqdi.
- Aspiranturaga kirishni orzu qilardi.
- Ammo allaqanday gʻoyibona kuch uni ichkariga kirishga undardi. S. — Karomatov — Oltin qum
- Gulxayri hozir qoʻllarini palʼtosining moʻynali yengiga tiqib, kirish zalida etikchalari bilan parket polni bosib, artistlarning devorlardagi suratlariga tikilib yurgandir. — S. Nurov — Narvon
- Kitobning kirishi.
- Moʻttixon kichkinagina kirish nutqidan keyin soʻzni Toshkentdan kelgan ayolga berdi. — S. Zunnunova — Gulxan
- Keyin qisqa kirish soʻzi qilib, masalani butun tafsiloti bilan batafsil tanishtirdi. — J. Abdullaxonov — ToʻfonKirish soʻz - 1) q. kirish 2; 2) tlsh. q. soʻz. Kirish ran Gapning ayrim boʻlaklari yoki butun gapning mazmuniga soʻzlovchining muayyan munosabatini ifodalovchi, asosiy gapga qoʻshimcha fikr bildiruvchi gap.
- Falsafaga kirish.
- Tilshunoslikka kirish.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0