ball.uz
Вернуться к словарю

Толковый словарь

kondensat

конденсат

Значения

  1. Kondensat (lot. condensatus - zichlangan, quyuqlashtirilgan) - 1) gaz yoki bug'ni kondensatlashda hosil bo'ladigan suyuqlik. 2) neft geologiyasida - gaz kondensatining yer sirtidagi sharoitda suyuqlikka aylangan qismi; ko'pincha, metan qatoridagi oson qaynovchi (300°C gacha to'la qaynab chiqadigan) uglevodorodlardan iborat. Muhim motor yonilg'isi. 2) yer osti gazlarining separatsiyalangan (ajralib chiqqan) suyuq mahsuloti. Mo'tadil sharoitdagi qatlam gazining kondensati suyuq uglevodoroddan tarkib topadi. Faol vulkan zonalarda yuqori haroratli gaz oqimlaridagi kondensatning tarkibida suv ko'p bo'ladi. Uglevodorodli kondensatdan foydali qazilma sifatida foydalaniladi. Tarkibida ko'proq pentan va alkan, siklan, aren tarkibli nisbatan og'ir uglevodorodlar bo'ladi.
  2. Gaz yoki bugʻ holidagi jismlarning kondensatsiyalanishi natija-sida yuzaga keluvchi suyuqlik.

Примеры

Этимология

lot. condensatum — quyultirilgan narsa

Источник: Викисловарь

Просмотров: 0

Написание в орфографическом словаре