Толковый словарь
kor
кор
Значения
- Biror maqsadda qilinadigan faoliyat, harakat, ish.
- Kori bad Yomon ish, yaramas xatti-harakat.
- Kori xayr Xayrli, yaxshi ish; himmat bilan berilgan (beriladigan) narsa.
- Hojat-ehtiyoj.
- Toʻgʻrilash yoʻli; iloj.
- Kor joyi Nozik joyi, taʼsir qiladigan joyi.
- Kor qilmoq Taʼsir qilmoq.
- Kori hol Biror ish, hodisa (odatda, nomaqbul ish, hodisa).
Примеры
- Endi bu koring qoʻygin, Behuda yuraring qoʻygin. — "Tohir va Zuhra".
- Siz "qatorda norim boʻlsa, yukim yerda qolmaydi", deb yuribsiz. Gap norda emas, korda! S. — Abduqahhor — Gap norda emas.
- Siz mening maktabimni yondirmadingiz, yoʻq , bolalarning dillarida oʻz kori badingiz bilan oʻzingizga nafrat oʻtlarini yondirdingiz. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Kori xayr ishi davlatga qaramaydi, ogʻayni, — pisanda qildi mulla Berdiyor, — himmatga qaraydi, himmatga. — "Mushtum".
- Bir-birimizga qanot-quyruq boʻlib, vaqt-soat yetganda, kori xayrga kirishamiz. — Oybek — O. v. shabadalar.
- Biror koriga ishlatmoq.
- Shunisiga suyunamanki, oʻsha vaqtlarda yaxshigina roʻzgʻor tuzib, qoʻr-qut orttirgan ekanmiz, bari xalqning koriga yaraydi. — Oybek — O. v. shabadalar.
- ..shundoq qilsam, chakki boʻlmas. Buning kori oson. — "Mushtum".
- Suyangan togʻimiz oʻzingiz, opaxon, bir Korini qilmasangiz, ishkal boʻlishi turgan gap. — A. Toʻlaganxoʻjayev — Chigirtkalar.
- Mollarni olib chiqib ketishdi, qiy-chuv solib, chiroq yoqib qarasak, oʻlib yotibdi. Uning kor joyiga pichoq solgan ekan. — H. Nuʼmon va A. Shorahmedov, Ota.
- Suv oʻtga kor qila boshladi va oradan biror soat oʻtar-oʻtmas, alanga pasaydi. — H. Gʻulom — Mashʼal.
- Hoy, Yulduzxon, senga kulishga kuldim-u, boyadan beri oʻzimga kor qilmayaptida. — R. Fayziy — Choʻlga bahor keldi.
- Mayli, jiddiy kori hol roʻy bermagan boʻlsa boʻldi. — O. Moʻminov — Xiyobondagi uch uchrashuv.
Этимология
[ fors. – ish, mehnat; yumush ]
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0